Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

28
Huquqiy axborotni tarqatish va mulk qonunchiligi yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar adliya bo'limida Mulk qonunchiligi bo`yicha kiritilgan o`zgartirishlar, Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo`yicha tuman hokimliklari yuridik xizmat xodimlariga  seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo`limi boshlig'i A.Shermatov, bo'lim yetakchi maslaxatchisi Sh.Sherqulov, Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslaxatchisi Sh.Sulaymonov, viloyat ma'muriy sudi sudyasi, viloyat hokimligi yuridik xizmat xodimi P.Tojiyev hamda tuman shahar hokimliklari yuridik xizmat xodimlari ishtirok etishdi.                                                                                                                                                                                                
Ushbu seminar-trening qizg`in savol-javoblarga boy bo`ldi. Seminar davomida normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yo‘li bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi, shuning uchun davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishi, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishi takidlandi.

27
Seminar tashkil etildi.

Baxmal tuman Adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan hujjatlarni qonuniy, sifatli va puxta ishlab chiqish hamda tezkor huquqiy xulosa olish mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-173-son qaroriga asosanb 022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash vazifasi belgilangan. Shunga ko`ra Baxmal tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi ham mazkur qaror ijrosi yuzasidan amaliy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shunday amaliy targ`ibot tadbirlaridan navbatdagisi Baxmal tumani 60-son umumiy o`rta ta'lim maktabida o`tkazildi. Targ`ibot tadbirida tumanning 14-15-16-17-19-21-22-23-52-55-60-62-66-72-80-82-85-sonli umumiy o`rta ta'lim maktablari, 15-18-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari hamda ma'sul hodimlari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 1-avgustidan boshlab Baxmal tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tumandagi barcha 86 ta umumiy o`rta ta'lim maktablari, 19 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ham yuridik xizmat ko`rsatib kelinayotgan edi. O`tgan bir yarim oy davomida ushbu tashkilotlar tomonidan mingdan ortiq turli mazmundagi hujjatlar yuborilgan. Lekin yuborilgan hujjatlarning katta qismi amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda hamda yuridik texnika talablariga javob bermaydigan holatda ishlab chiqilgan hamda yuborilgan. Ushbu holat tufayli qonuniy, sifatli va puxta ishlab chiqilmagan hujjatlarga salbiy xulosalar berish, kamchiliklarni bartaraf etish holatlari juda ko`paygan. Buning natijasida tashkilotlar ish samaradorligi tushib ketgan.
Yuqoridagi umumiy xato va kamchiliklarni hisobga olgan holda huquqiy seminar mashg`uloti barcha tashkilotlarda uchrayotgan xato va kamchiliklarni sanab o`tish hamda kelgusida bunday holatlarga boshqa yo`l qo`ymaslik yuzasidan batafsil texnik hamda huquqiy tushuntirishlar berib o`tishdan boshlandi.

Shundan so`ng har bir tashkilotlarni qiynayotgan individual masalalarga birma-bir batafsil to`xtalib o`tildi hamda birgalikda muhokama qilinib zarur tushuntirishlar berildi. Bu bilan hali bu muammalarga duch kelmagan tashkilotlarga ham kelajakda duch kelinganda nima qilishlari kerakligi bo`yicha bilim va ko`nikmalar shakllandi.
Bundan tashqari, mahnat qonunchiligi bo`yicha yangi xodimlarni ishga olish, mavjudlarini bo`shatish, xodimlarni ta'tillarga chiqarish, rag`batlantirish, moddiy yordam ko`rsatish, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o`quvchilar hamda tarbiyalanuvchilarni qabul qilish, chiqarish masalalari yuzasidan rasmiylashtiriladigan hujjatlarni yaratish hamda markazdan tezkor xulosa olish bo`yicha batafsil har biri huajjatga alohida to`xtalgan holda huquqiy tushuntirishlar berildi. Shu bilan birgalikda ayni kunlarda yoki yaqin kunlarda tashkilotlar duch kelishi mumkin bo`lgan masalalar yuzasidan ham zarury ko`rsatmalar berib o`tildi.
Seminar mashg`uloti so`ngida tashkilotlar o`z faoliyatida mumtazam foydalanadigan hamda foydalanishi zarur bo`lgan normativ huquqiy hujjatlar reestri barcha tadbir qanashchilariga tanshtirilib kelgusida o`z faoliyatlari davomida muntazam foydalaib borishlari hamda ularda belgilangan normalarga amal qilishlari lozimligi tushuntirildi.

26
Boquvchisi yo‘q, uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayolning mehnat qilish huquqi ta’minlandi

Baxmal tuman adliya bo‘limiga fuqaro M.B ning tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan taqdim qilingan tuman tibbiyot birlashmasiga “Ishga joylashtirishga doir yo‘llanma”si ijrosi ta’manlanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O'rganish jarayonida, murojaat muallifi boquvchisini yo‘qotganligi sababli uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiya qilayotganligi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ish qidirib murojaat qilganligi, markaz tomonidan uning “Akusherlik ishi yo‘nalishi” bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligi va oilaviy holatini inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun hamda tuman hokmining 16.11.2021 yildagi “Baxmal tumanidagi ijtimoiy muhofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2022 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori asosida tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishga doir 23.06.2022 yil kuni 1708204-2-12111-son yo‘llanma rasmiylashtirilib, yuborilishi ta’minlanganligi, biroq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan assosiz ravishda murojaat muallifini o‘rganish kuniga qadar ishga joylashtirilishi ta’minlanmaganligi holati aniqlanib, bo‘lim aralashuvi bilan murojaat muallifi va tuman tibbiyot birlashmasi o‘rtasida mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi, birlashma mansabdor shaxslariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritilib ma’muriy javobgarlikka tortildi, birlashma aybdor mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishini so‘rab taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilib intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.


24
Hisoblanmay qolingan ish staji qo'shib berildi

Zomin tumani "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Otakulova Matlyuba Alibekovnaning Pensiya tayinlashda mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish staji to’liq hisobga olinmaganligidan norozi bo’lib qilgan murojaati Zomin tuman adliya boʼlimi tomonidan o’rganib chiqildi.

Аniqlanishicha, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi Zomin tuman boʼlimi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasining 2022-yil 21-iyuldagi № 707-sonli qarori bilan fuqaro Otakulova Matlyuba Alibekovnaning 04.01.2002-yildan 30.07.2012-yilgacha Kara-kas fermer xo’jaligida ishlagan oylik ish haqlari va INPS to’lovlari mavjud bo’lmaganligi sababli ish stajiga qo’shib hisobga olmagan.

Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasida hamda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunning 42-moddasida mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi belgilangan.

Shu bois, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi fuqaro Otakulova Matlyuba Alibekovna mehnat daftarchasida qayd etilgan 04.01.2002-yildan 30.07.2012-yilgacha ishlagan ish stajlarini hisobga oligan holda pensiya tayinlashi lozim bo’ladi.

Mazkur asoslarga ko'ra, Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro manfaatida sudga kiritilgan da'vo arizasi to'liq qanoatlantirilib, hisoblanmay qolingan ish staji qo'shib berilishi ta'minlandi.


Valijon Omonov

Zomin tuman adliya bo'limi boshlig'i.

24
Ishdan asossiz chetlatilgan xodimning buzilgan huquqlari tiklandi

Zafarabod tumanining “Bo'ston” mahallasi hududida yashovchi fuqaro Davronova Gulbaxorning tuman tibbiyot birlashmasiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilingan bo'lsada, asossiz ishdan chetlatilib kelinganligi sababli ishga tiklash masalasida yo'llagan murojaati tuman adliya bo'limi tomonidan ko'rib chiqildi.

Davronova Gulbaxor tuman tibbiyot birlashmasining 15.01.2021 yildagi 46-k-sonli buyrug'i bilan bolalar bo'limiga ishga qabul qilingan, u tibbiyot birlashmada 2 oy davomida ishlagan bo'lsada unga biron so'm ham ish haqi berilmasdan, ishdan asossiz chetlatilgan va oldingi sana ya'ni 25.01.2021 yildagi 52/1-sonli buyruqqa asosan G.Davronovani ishga qabul qilish haqidagi buyrug'i bekor qilingan.

Shundan so'ng, uning manfaatida sudga da'vo arizasi kiritilgach, sud tomonidan G.Davronovani ishga tiklash, uning foydasiga 22 mln 63 ming 275 so'm ish haqi, 2 mln. so'm ma'naviy zarar undirish haqida adolatli qaror qabul qilinishi ta'minlanib, buzilgan huquqlari tiklandi.


Bunyod Ikromov

Zafarobod tuman adliya bo'limi boshlig'i

23
Intellektual_mulk

Jizzax viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-yanvardagi "Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4965-sonli Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi. Adliya vazirligi mutasaddi vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda tadbirkorlar va davlat organlari mas'ul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida geografik ko'rsatkich, tovar joy nomi hamda intellektual mulk muhofazasi bo'yicha so'z bordi. Tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

22
Radio to'lqinlarida qonunchilikdagi yangiliklar

Jizzax radiokanalining "Intervyu" eshittirishi

Farida Qosimova-Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi 2- toifali inspektori.

Sohadagi aholi uchun zarur va qiziq bo'lgan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

21
#AdliyagaRahmat

Yangiobod tuman adliya bo'limiga tumanning "Balandchaqir" MFY "Mustaqillik" ko'chasida yashovchi fuqaro Komil Hayitov turmush qurganiga 25 yil bo'lganligi, shu kunga qadar sha'riy nikohda yashab kelayotgani, nikoh guvohnomasini olishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. Ushbu murojaat bo'lim tomonidan o'rganib chiqilib, tuman adliya bo'limi FHDY bo'limidan nikoh guvohnomasini olishda amaliy yordam ko'rsatildi.                                                                                K.Hayitov va uning turmush o'rtog'iga nikoh guvohnomasi rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi.                                        

20
Talaba oqishga tiklandi

"Inson va qonun" gazetasining 36-sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlari bo'limi boshlig'i Mohinur Rahimovaning "Talaba o'qishga tiklandi" nomli maqolasi chop etildi.

19
Milliy gvardiya boshqarmasida Prezident maqolasi muhokama qilindi!

Joriy yilning 13-sentabr sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov tomonidan Prezidentimizning "Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" ruknidagi maqolasi Jizzax viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari e'tiboriga taqdim etildi.
Tadbir davomida yig'ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan, dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi to'liq va atroflicha tushuntirib berildi.
Shu bilan birga, Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov tomonidan milliy gvardiya xodimlarining savollariga javob berildi. Yig'ilish qizg'in baxs va munozaralarga boy bo'ldi.

Maqola:
Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik.

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.

Xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotgani bugungi kun haqiqatidir. Buning asosiy sabablaridan biri – global darajada davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotgani bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida geosiyosiy qarama-qarshiliklarga rag‘bat berib, “bloklarga mansublik” stereotiplarining qayta tug‘ilish xavfini yuzaga keltirmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yo‘liga qaytishini va global ta’minot zanjirlarining tiklanishini murakkablashtirmoqda.

Dunyoning turli nuqtalarida davom etayotgan qurolli mojarolar savdo va investitsiya oqimlarini izdan chiqarib, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash borasidagi muammolarini yanada keskinlashtirmoqda.

Shu bilan bir qatorda, global iqlim o‘zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslari tanqisligining ortishi, bioxilma-xillikka putur yetishi hamda xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi jamiyatlarimizning zaif tomonlarini yanada yaqqolroq ko‘rsatib bermoqda. Bu muammolar insoniyat taqdiriga bevosita daxldor bo‘lgan mushtarak qadriyat va ne’matlarning yemirilishiga olib kelib, odamlar hayoti va faoliyatiga tahdid solmoqda, ularning daromad manbalarini qisqartirmoqda.

Bunday murakkab sharoitda bir xaqiqat aniq: hech bir mamlakat yolg‘iz holda ushbu global xavf-xatarlarni chetlab o‘tish yoki bartaraf etishga qodir emas.

Bugun biz yashayotgan, jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘langan dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yo‘li – konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan ko‘p tomonlama hamkorlikdir. Aynan inqiroz va bo‘hronlar davrida mamlakatlar, ular xoh katta, o‘rta yoki kichik bo‘lsin, o‘zlarining tor doiradagi manfaatlarini ustun qo‘ymasdan, aksincha, asosiy e’tiborni global hamjihatlikka qaratishlari lozim. Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xavf tug‘dirayotgan, har qaysi mamlakatga rahna soladigan tahdid va xatarlarga qarshi umumiy sa’y-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish va safarbar etish barchamiz uchun birdek manfaatlidir.

Samarali xalqaro hamkorlik – bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omilidir. Aynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yo‘l hisoblanadi.



Muvaffaqiyatli mintaqaviy hamkorlik modeli

Barchaning va har bir tomonning manfaatlariga javob beradigan xalqaro hamkorlikni ko‘p tomonlama institutlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ushbu institutlar faoliyatidagi muayyan kamchiliklarga qaramasdan, ular mintaqaviy va global miqyosda davlatlararo hamkorlikning eng muhim vositasi bo‘lib xizmat qilishda davom etmoqda. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mamlakatlar o‘rtasidagi turli kelishmovchiliklarni yengib o‘tish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiqni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni rag‘batlantirishga yordam beradi.

Ko‘p tomonlama faoliyatga asoslangan eng yosh institutlardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti aynan mana shunday maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi. Bu tashkilot madaniy-sivilizatsion qarashlari turlicha, o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o‘ziga xos davlatlararo tuzilmadir. Tarixan qisqa davrda SHHT katta yo‘lni bosib o‘tib, global siyosiy va iqtisodiy tizimning ajralmas qismiga aylandi, deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin.

Bugungi kunga kelib SHHT hamjamiyati – ulkan geografik makonni qamrab olgan va sayyoramiz aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilotdir.

SHHTning xalqaro tashkilot sifatidagi jozibadorligi uning faoliyati asosini tashkil etadigan quyidagi tamoyillarda namoyon bo‘lmoqda: Shanxay hamkorlik tashkilotining turli bloklardan xoli maqomga ega ekani, ochiqlik, uchinchi mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmagani, barcha ishtirokchi tomonlarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, siyosiy qarama-qarshilik va ixtilofli raqiblikka yo‘l qo‘ymaslik.

Shanxay hamkorlik tashkilotining muvaffaqiyat garovi – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash orqali ko‘p tomonli hamkorlikni ilgari surishdadir.

SHHT o‘z mohiyatiga ko‘ra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo‘lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim.

Shu sababli ham SHHT faoliyatiga qo‘shilish istagidagi davlatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu tendensiya xalqaro va mintaqaviy munosabatlar tizimi transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan bugungi sharoitda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

SHHT makonidagi davlatlarning yuksak insoniy, intellektual va texnologik salohiyatga, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga va hali to‘laqonli foydalanilmagan tabiiy zaxiralarga ega ekani tashkilotning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda SHHTga a’zo davlatlar yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi jahon ko‘rsatkichining qariyb chorak qismini tashkil qilmoqda. Bu esa endigina 20 yoshga to‘lgan ushbu mintaqaviy Tashkilot tomonidan dunyoning barqaror rivojlanishiga qo‘shilayotgan hissasining salmog‘i yuksak ekanidan dalolat beradi.

Yangi sinovlar va imkoniyatlar vujudga kelayotgan bugungi dunyoda SHHTning transformatsiyasi va yuksalishi uchun nafaqat a’zolar sonining ko‘payishi hisobiga, balki tashkilot rivojining yangi strategik yo‘nalishlarini ilgari surish orqali keng istiqbollar mavjud. Bu o‘rinda gap transport

va o‘zaro bog‘liqlik, energetika, oziq-ovqat va ekologiya xavfsizligi, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va “yashil” iqtisodiyot kabi muhim yo‘nalishlar haqida bormoqda.



O‘zbekistonning SHHTdagi raisligi: birgalikda rivojlanish orqali umumiy muvaffaqiyat sari

O‘zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgach, asosiy e’tiborni hamkorlikning yangi ufqlarini ochish va har bir ishtirokchi mamlakatning foydalanilmagan rezervlarini ishga solish orqali Tashkilotni jadal rivojlantirish strategiyasiga qaratdi.

Bizning asosiy shiorimiz – “Har birimiz kuchli bo‘lsakkina SHHT kuchli bo‘ladi”. Uni amalda ro‘yobga chiqarish yo‘lida Tashkilotni yanada kuchli va xalqaro hamkorlarimiz uchun yanada jozibador bo‘lishiga erishish uchun jiddiy harakat qildik.

Yil davomida o‘tkazilgan saksondan ortiq yirik tadbirlar doirasida SHHT uchun keng qamrovli kun tartibi shakllantirildi. Bunda xavfsizlik sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, transport va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, Tashkilotning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash, rivojlanishning yangi yo‘llari va nuqtalarini izlash kabi ko‘plab muhim masalalar qamrab olindi.

O‘z taraqqiyotining yangi tarixiy bosqichida turgan SHHT uchun katta istiqbolga ega bu yo‘nalishlar O‘zbekistonning raisligi davrida tayyorlangan o‘ttizdan ortiq konseptual dastur, kelishuv va qarorlarda o‘z aksini topdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizning SHHTga raisligi yurtimizda keyingi olti yilda amalga oshirib kelinayotgan faol va ochiq tashqi siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi. Bu siyosat, eng avvalo, SHHTning geografik o‘zagi bo‘lmish, bugungi kunda yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash borasida ijobiy va ortga qaytmas jarayonlar ro‘y berayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshmoqda.

SHHTga a’zo barcha davlatlar – eng yaqin qo‘shnilarimiz, do‘stlarimiz va strategik hamkorlarimizdir.

Tashkilotga raislik bizga ular bilan ko‘p tomonlama kooperatsiyani yanada mustahkamlash barobarida har bir davlat bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda yanada keng qamrovli sheriklik uchun yangi yo‘nalishlarni belgilab olish uchun yaxshi imkoniyatlar berdi.

Shunga ishonchim komilki, bugun SHHT doirasida shakllangan mana shunday ijobiy va muvaffaqiyatli tajribadan Afg‘onistonni rivojlantirish masalasida ham foydalanish o‘ta muhim va dolzarbdir. Shak-shubhasiz, Afg‘oniston SHHT makonining ajralmas qismi sanaladi. Bugun afg‘on xalqi qo‘shni va xayrixoh davlatlar ko‘magiga har qachongidan ham muhtoj. Afg‘onistonga birgalikda yordam qo‘lini cho‘zishimiz, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mintaqaviy va global taraqqiyot jarayonlariga integratsiyalashuviga ko‘maklashishimiz va shu orqali ushbu davlatning ko‘p yillik inqirozdan chiqishi uchun qulay sharoit yaratib berish bizning ma’naviy burchimizdir.

Asrlar davomida global miqyosdagi davlatlar va mintaqaviy kuch markazlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda bufer rolini o‘tab kelgan Afg‘oniston endilikda Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajarishdek yangi tinchlik missiyasida o‘zini namoyon etmog‘i lozim.

Bunday o‘zaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikning namunaviy ramzi sifatida Transafg‘on koridorining qurilishi loyihasini aytish mumkin. Shuni ham anglash muhimki, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li kabi qo‘shma infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali, biz ijtimoiy-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya vazifalarini hal etibgina qolmasdan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ham salmoqli hissa qo‘shishimiz mumkin.

O‘zaro pozitsiyalarimizni yaqinlashtirib, tinch, barqaror va farovon Afg‘oniston uchun SHHTning yangi kun tartibini birgalikda ishlab chiqa olishimizga aminman. Shundagina tom ma’noda barqaror va izchil rivojlanayotgan, yaxlit xavfsizlikka ega bo‘lgan SHHT makonini barpo eta olamiz.



«Samarqand ruhi» – hamkorlik, o‘zaro anglashuv va do‘stlik ifodasi

Savdo-iqtisodiy va ishlab chiqarish aloqalarining jiddiy uzilishiga olib kelgan uch yillik “pandemiya tanaffusidan” so‘ng SHHT mamlakatlari va xalqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot zarur.

Buyuk Ipak yo‘lining durdonasi bo‘lgan qadimiy Samarqand shahri jahonning o‘n to‘rtta mamlakati yetakchilarini Tashkilotning va unga a’zo har bir davlatning farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladigan yangi va ilg‘or taklif hamda tashabbuslari bilan kutib olishga tayyor.

Ushbu afsonaviy shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo‘q. Samarqandning shonli tarixiy merosi bunga xizmat qiladi. Ko‘p asrlar mobaynida bu shahar Yevropadan Xitoygacha bo‘lgan mamlakatlarni mustahkam rishtalar bilan bog‘lab, Shimol va Janubni, Sharq va G‘arbni yagona chorrahada tutashtirgan.

Azal-azaldan Samarqand turli g‘oya va bilimlar “qaynagan” makon bo‘lib, bu maskanda insoniyatning tinch va farovon yashash, o‘z kuch va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, baxtli hayot kechirish kabi mushtarak maqsadlari mujassam bo‘lgan. Bu tabarruk zaminda yashaydigan har bir odam, yaxshi qo‘shni – bu Xudo insonga ato etgan baxtning bir bo‘lagi ekanini, tinch-totuv qo‘shnichilik esa barakot manbai ekanini chuqur anglagan. Zero, hamkorlik, savdo, ijod, ilm-fan va san’at, insoniy g‘oyalar ustuvor bo‘lgan joyda ezguliklar ko‘payadi, xalqlar farovon va o‘zaro ahil yashaydi.

Bugun zamonaviy va jadal rivojlanayotgan infratuzilmalarga ega bo‘lgan Samarqandning bunday noyob jihatlari uni mintaqaviy va global xatarlarni birgalikda muhokama qilish, bu borada zarur yechimlarni izlab topish uchun eng qulay va maqbul maydonga aylantirmoqda.

Insoniyatning bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi shu darajada yuqoriki, mavjud xatarlarning aksariyati nafaqat mintaqalar, balki umumjahon miqyosida hamkorlik qilishni taqozo etmoqda.

Ko‘p yillik birgalikdagi ishlarimiz tajribasiga tayanib ishonch bilan aytamizki, SHHTning Samarqand sammiti umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi o‘zaro hurmat, ishonch, konstruktiv hamkorlik prinsiplariga asoslangan yangi, inklyuziv muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida o‘ziga xos namuna bo‘la oladi.

Samarqand tashqi siyosat bobida ustuvor yo‘nalishlari turlicha bo‘lgan davlatlarni birlashtirish va murosaga keltirishga qodir aynan shunday platformaga aylana oladi.

Tarixan shakllangan tushunchaga ko‘ra, Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bo‘linmas bo‘lib ko‘rinadi. “Samarqand ruhi” degan noyob fenomenning mazmuni ham asli shunda mujassam bo‘lib, u xalqaro hamkorlikning, jumladan, SHHT doirasidagi sheriklikning prinsipial jihatdan yangi formatini shakllantirish borasida mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin.

Aslini olganda, “Samarqand ruhi” bundan 20 yil avval mamlakatlarimizning davr talablariga mos, yangi tashkilotni yaratishiga turtki bergan “Shanxay ruhi”ni uyg‘un ravishda to‘ldirib turadi.

Shu sababdan aminmizki, Samarqandda SHHT hayotining yangi bosqichi boshlanishiga guvoh bo‘lamiz – Tashkilotning tarkibi kengayib, uning kelajak kun tartibi shakllanadi va bunda chuqur ramziy ma’no mujassam.

Ishonchimiz komilki, Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitida qabul qilinadigan qarorlar mintaqaviy darajada ham, global miqyosda ham muloqot, o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi.