Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

14
Yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 9-sentabr kuni  ZOOM platformasi orqali viloyatda mavjud davlat organi va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari(yuristlari) ishtirokida o'quv seminari hamda targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda boshqarmaning Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov, Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i N.O'razaliyev, hamda Huquqiy xizmatlar bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sherqulovlar ishtirok etishdi.
O'quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI” ning 24.28-bandi ijrosi yuzasidan davlat organi va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga o`z sohalariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy targ‘ibotini amalga oshirishning innovatsion usullari, zamonaviy yondashuvlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, seminarda "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi qonunga ko'ra;

Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yo‘li bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi, shuning uchun davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishi, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishi takidlandi.
Seminar davomida qonunchilikdagi yangiliklar, hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan Mulk huquqi bo'yicha tushuntirishlar berildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustda "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF 198-sonli Farmoni qabul qilingani, unga ko'ra mulk daxlsizligi muhofazasini yanada mustahkamlash hamda xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishni nazarda tutuvchi bir qator yangi tartiblar joriy qilindi. Seminar davomida ush bu tartiblar tadbir qatnashchilariga tushuntirildi.

13
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir

Joriy yilning 6-sentabr kuni Arnasoy adliya bo'limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Adliya vaziri tomonidan 2022-yil 26-avgustda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-198-son Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.  
Shuningdek tadbirda, kompensatsiya jamg‘armalari, aholi va tadbirkorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi tartibi va asoslari, ko‘chmas mulkka oid yagona axborot bazasi (UZKAD), undagi maʼlumotlarning davlat tomonidan kafolatlanish tizimining ahamiyati, yerdan ixtiyoriy voz kechish, shuningdek, yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining o‘tishi bo‘yicha yangi tartiblarni tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida targʻib qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek suhbat davomida ushbu farmon bo'yicha aholi o'zining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

12
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir

Adliya vaziri tomonidan 2022-yil 26-avgustda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-198-son Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikkazish yuzasidan joriy yilning 6-8-sentabr kunlari Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan "O'smat", "Oqtosh", "Do'stlik" MFY larda targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi    Tadbir davomida, xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik, jinoyat va ma’muriy javobgarlik qonunchiligi hamda korporativ munosabatlardagi yangi tartiblar hamda yerdan ixtiyoriy voz kechish, shuningdek, yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining o‘tishi bo‘yicha bo'yicha keng ma'lumotlar berildi.
Shuningdek suhbat davomida ushbu farmon bo'yicha aholi o'zining qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.


11
Adliya fuqarolar manfaatida

Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan Do'stlik tuman xalq ta'lim bo'limi tizimidagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori talablariga asosan qo‘shimcha haq to‘lanmasdan kelinayotganligi monitoring asosida aniqlanib, ushbu 20 ta umumta’lim maktablarda faoliyat yuritayotgan 22 nafar kutubxonachilarga to‘lanmasdan kelingan qo‘shimcha haqlarning 2022-yilning yanvar-avgust oylaridagi, ja'mi 9 689 140 so'm miqdoridagi qismi  taqdimnoma kiritish orqali undirib berildi.
O‘z navbatida kutubxonachilar ushbu  amaliy yordam uchun Adliya tizimi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi!                                                      

10
Mulk huquqi daxlsizligi yuksak qadriyatga aylanadi

Joriy yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan, mulk daxlsizligi muhofazasini yanada mustahkamlash hamda xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishni nazarda tutuvchi bir qator yangi tartiblar joriy qilindi.

Shu jumladan: Mulkka bo‘lgan huquqni uni vujudga keltirgan hujjatni bekor qilish orqali tugatish mumkin emasligi belgilandi. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan bo‘lsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Yerdan ixtiyoriy voz kechish mulkdorning notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oshirilishi belgiladi. Endi buning uchun hokim qarorini qabul qilish talab etilmaydi. Yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik shaxsning muassislariga o‘tadi.

Xususiy mulk huquqini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan holatlar belgilab berildi. Shu jumladan, endilikda xususiy mulk ob’yekti va u joylashgan hududga mulkdorning ruxsatisiz kirish uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi mumkin.

Endilikda mulkdor yoki uning vakili o‘z mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, turar joyga nisbatan mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi.



Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov

09
Adliya vazirligi stipendiyasi egalariga guvohnomalar topshirildi!

Oʻzbekiston Respublika adliya vazirining 2022-yil 30-avgustdagi 203-um-son "Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlari iqtidorli talabalari va o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining iqtidorli talaba va o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlangani e’lon qilingan edi.

Jumladan Jizzax  viloyat yuridik texnikumi 5 nafar o‘quvchisi ham Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi. Bugun texnikumda Vazirlik stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga guvohnomalar  tantanali tarzda topshirildi.                                                                  

09
OTA-ONALIK MAS’ULIYATI

Davlatimizning asosiy qonuni — Konstitutsiyamizda, Oila kodeksida, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunlarda farzandlarimiz, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarining to‘laqonli himoyasi kafolatlangan.
Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-iqtisodiy ta’minlash, ularga yuqori sifatli ta’lim-tarbiya berish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hayot tajribasidan ma’lumki, farzand tarbiyasiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish lozim va bunda shaxsiy ibrat juda muhimdir.
Ammo farzand to‘g‘ri tarbiya olib, bilimli, odobli, iymonli bo‘lib voyaga yetishi uchun ota-ona mehnat qilishi, kurashishi kerak bo‘ladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar tarbiyasi izdan chiqib ketishiga avvalo ota-onalar ajrashishi sabab bo‘lmoqda. Ota-onalarning surunkali o‘zaro janjali, ajralishlari bolalar ruhiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa, bola tarbiyasi yetarli darajada nazorat qilinmaydi. Otaning so‘zi, yuki kamlik qiladi. Ajralgan ota-onalar orasida farzand tarbiyasi, ehtiyoji bilan qiziqmaydiganlari oz emas.
Asosiy qonunimiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari qayd etilgan. Ajrashib yashayotgan ayrim ota-onalar farzandlarining tarbiyasida umuman ishtirok etmasligi, hatto farzandi moddiy ta’minotini ham ixtiyoriy amalga oshirmayotganligi achinarli holat.
Bugungi kunda ayrim ota-onalar kelajakda farzandini moddiy jihatdan zo‘r ta’minlash, uning to‘yini dabdabali o‘tkazishni orzu qilib ko‘proq mablag‘ ilinjida bolalarini ota-onasi, qarindoshi, hatto qo‘ni-qo‘shnisiga tashlab, o‘zlari boshqa yurtga ketayotgani sir emas. Lekin ular farzandiga ayni tarbiya berish lozim bo‘lgan vaqtni yo‘qotayotganligi, eng achinarlisi, farzandi baxtini yo‘qotayotganini bilmaydi. Bilganida esa kech bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning 63-moddasida belgilanganidek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
Fuqaro O.N sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, S.Tga nisbatan nikohdan ajratishni so‘ragan.
Mazkur da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, taraflarga tushuntirishlar olib borilishi natijasida 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarning yetim bo‘lib qolish oldi olindi, da’vogar sudga ariza taqdim qilib, yarashganligi sababli fuqarolik ishini ish yuritishdan tugatishni so‘radi, sud tomonidan mazkur fuqarolik ishi taraflar yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatildi.
Oilaviy ajrimlardan keyin kelinlarning uyga kiritish yoki ularni uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish, uydan chiqarish, er-xotinning o‘rtasidagi umumiy uy-joyni bo‘lish, aliment va shu kabi boshqa nizolar kelib chiqmoqda
Shuning uchun bugun ommaviy axborot vositalari, internet saytlari orqali jamoatchilik sodir etilayotgan oilaviy nizo va jinoyatlardan xabardor qilib borilayotganligi kabi oilalardagi ijobiy holatlarni ham yoritib borish lozim.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax
tumanlararo sudi sudyasi                     A.A.Baybekov

07
Tajriba almashish bilimlarni mustahkamlaydi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashining majlislari zalida"Partiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish va mustahkamlash" mavzusidagi  o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda viloyat Adliya boshqarmasi
Nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Gʻoziyev Shukrullo nutq so‘zladi.
Shuningdek Partiyaning 10 nafar shahar va tumanlar raislari, 3 nafar viloyat Partiya tashkiloti xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olindi.
Tadbir so‘ngida bunday seminarlarni doimiy ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

06
Jizzax viloyat FHDY organlari orqali avgust oyi davomida 4 121 ta tug'ilish holati qayd etilgan.

Jizzax viloyat FHDY organlari orqali avgust oyi davomida 4121 ta tug'ulish holati qayd etilgan. Ushbu holatga tumanlar kesimida nazar soladigan bo'lsak;

Arnasoy tumanida- 126 ta,

Baxmal tumanida- 444 ta,

G'allaorol tumanida- 517 ta,

Sharof Rashidov tumanida- 539 ta,

Do'stlik tumanida- 178 ta,

Zomin tumanida- 457 ta,

Zarbdor tumanida- 262 ta,

Zafarobod tumanida- 96 ta,

Mirzacho'l tumanida- 118 ta,

Paxtakor tumanida- 219 ta,

Forish tumanida- 189 ta,

Yangiobod tumanida- 77 ta,

Jizzax shahrida- 899 ta tug'ulish holatlari qayd etilgan.

Eng yuqori tug'ulish ko'rsatkichi Jizzax shahrida bo'lsa, eng kam ko'rsatkich esa tumanlar kesimida Yangiobod tumaniga to'g'ri keladi.  

05
Huquqshunos olimlar huquqiy targ'ibotda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng aholiga yetkazishda davom etadi.

Mavzu: "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmon.

Kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish kafedrasi katta o'qituvchisi Zafar Raxmonov bilan suhbat.

Jizzax viloyat teleradiokompaniyesining "Bilasizmi" dasturi uchun.