Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

17
"Adliya ayoli" e'tirofiga loyiq bo'lish katta baxt

Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bora o'tkazilayotgan "Adliya ayoli" tanlovning final bosqichi o'tkazildi. Unda tuman va shahar, viloyat bosqichlarida g'olib bo'lgan tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashdilar. Tanlov jarayonida xodimlarning soha bo'yicha bilimlari, faoliyati yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflari hamda bekalik qobiliyati sinovdan o'tkazildi.
Bu tanlovda Jizzax viloyati sharafini himoya qilgan va ajoyib natija ko'rsata olgan Nargiza Fayzievaning mazkur yutuqni ko'lga kiritish yo'lidagi tinmay harakat qildi, o'z ustida ishladi va o'zining g'oyalarini amaliyotda ham ko'rsatib bera oldi.
Tanishtiruv shartida taqdimot roligi orqali o'zining mehnat faoliyati, ishdagi yutuqlari, qiziqishlari haqida hikoya qilar ekan, oilasi, farzandlarining baxtu kamolidan baxtli ona timsolini ham gavdalantirdi. Mazkur chiqish hakamlar xay'ati tomonidan 46 ball bilan baholandi.
''Adliya ayoli'' tanlovining 2-bosqichida ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb takliflar taqdim etishlari lozim edi. Hakamlar hay'ati ushbu bosqichda bildirilgan takliflarning dolzarbligi, yangiligi, natijadorligi, xorijiy tajriba asosida tahlil qilinganligiga va masala qanchalik puxta o'rganilganligiga e'tibor berishdi.
Nargiza Fayzieva tomonidan berilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni asosida gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'rish, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan ijobiy choralar takliflar eng yaxshi takliflar qatorida e'tirof etildi va munosib baholandi.
Pazandalik bobida ham Jizzax vakilasiga yetadiganlar kam bo'ldi. Obi-tobida pishirilgan o'zbek milliy taomi palov mutahassislarga manzur bo'ldi.
Tanlovning savol-javob shartida barcha ishtirokchilarning bilimi, faoliyati davomida orttirgan tajribasi sinovdan o'tkazildi. Nargiza Fayzieva ushbu shartda barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori-46 bahoni qo'lga kiritdi.
Tanlovning ohirgi hal qiluvchi sharti hisoblangan erkin mavzu yo'nalishida ishtirokchilarning iste'dodlari va san'atdagi mahoratlari namoyish etildi. Nargiza Fayzieva tomonidan Alisher Navoiy va Guli monologidan parcha ijro etildi. Monolog ifodali o'qish talablariga to'la mos xolda ijro etilganligi sabab hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
Barcha shartlardan yaxshi natijalarni qo'lga kirita olgan Jizzax viloyat jamoasi vakilasi 21 nafar ishtirokchi orasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Mazkur yutuq bilan Fayzieva Nargiza Nasullaevnani Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
Jizzax viloyati sharafini munosib himoya qila olgani uchun tashakkur aytamiz.

16
Baxmal tumanida huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Baxmal tuman adliya bo'limi, tuman hokimining o‘rinbosari X.Boymurodova xamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, erta nikoh oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.  Tadbir davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo'yicha aholiga tushuntirishlar berildi.

15
G'allaorol tumanida joylashgan "Sarbozor" MFYida jinoyatlarning oldini olish yuzasidan seminar bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI” ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan G'allaorol tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko‘rsatkichi bo‘yicha "qizil" hududga kiritilgan "Sarbozor" MFY da jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida  Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo‘yicha ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum qonunchiligi, tartibi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid zarur tushunchalar berildi.

14
"Huquqiy axborot kuni" doirasida targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

Joriy yilning 9-avgust kuni Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan "Huquqiy axborot kuni" doirasida “Milliy gvardiya xodimining huquq va majburiyatlari hamda huquqiy asoslari” mavzusida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida milliy gvardiya xodimlarining huquqlari va majburiyatlari, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar (pensiya, uy-joy uchun subsidiya olish, nafaqa, kredit olish tartibi) yuzasidan savol javob tarzida seminar tashkil etildi.
Shuningdek tadbirda, Zomin tumani adliya bo'limi bosh maslaxatchisi M.Rustamov tomonidan milliy gvardiya xodimlariga bevosita aloqador bo`lgan soha ya'ni jinoyat qonunchiligi bo`yicha jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibati va  jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga ham alohida to`xtalib o'tdilar.

14
Profilaktika har bir sohaning oltin qoidasi

Muammolarni o'rganish va bartaraf etish mahalla tizimi orqali amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi bugun "mahallabay" ishlash yo'nalishi orqali o'z tasdig'ini topmoqda. Jizzax shahridagi "Ittifoq" mahallasida tashkil etilgan ochiq muloqot aholi orasiga yaqinroq kirib borish, murojaatlarini yuzma-yuz tinglash va bu orqali ularga tezkor yechim topish imkonini berdi.

Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev sektor rahbarlari va bir qancha mutasaddi idora vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda xudud aholisi tomonidan o'rtaga tashlangan muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan vakolatli organ vakillariga yuzlanildi.
Uchrashuv davomida yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Mahallalarda jinoyatchilik soni oshib ketmasligi, qonun buzilish holatlarining kelib chiqmasligi asosan yoshlar bandligiga bog'liq masala ekanligi ta'kidlandi. Murojaatlarning asosiy turi subsidiya ajratilish tartibi yuzasidan ekanligi fikrimiz isbotidir. Suhbat jarayonida mahalla yoshlariga bu boradagi ma'lumotlar atroflicha tushuntirib o'tildi.
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan tizim xodimlariga mazkur mahalla bo'yicha batafsil ma'lumotlarni shakillantirish, aholi muammolari bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan qo'shimcha topshiriqlar berildi.

13
Oldi olingan har bir huquqbuzarlik jinoyatlarning ildiziga bolta urishdir

Muammolarni hal etishning eng samarali yo'li profilaktik tadbirlarni muntazam olib borish. Yoshlar orasida jinoyatchiliklar sonining kamayishi, aholi o'rsatida qonun buzilish xolatlarining ro'y bermasligi asosan yuzma-yuz suhbatlar, bevosita muloqotlar bilan chambarchas bog'liq. Bugun qabul qilinayotgan barcha qonun hujjatlari xalq manfaati, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir. Shu sabab ularni fuqarolarimiz hayotida aks etishi juda muhim.
G'allaorol tumani "G'o'bdin" MFYda viloyat adliya boshqarmasi va tumandagi sektor rahbarlari hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqotda dastlab xudud aholisining muammolari tinglandi. Murojaatlarni hal etish orqali esa xalq roziligiga erishish bilan birga oilalardagi ijtimoiy, iqtisodiy muhit ham ijobiy tomonga o'zgarishiga erishiladi.
"O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konseptsiyasi yurtimizda tinchlikni ta'minlash, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash yuzasidan aniq mexanizmni yaratib bera oladi. "Shu sabab barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda ish olib borishi bu yo'nalishda yanada samarali natijalarga erishish uchun asosdir"-deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev. Davra suhbati davomida bu borada qilinishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
Shu bilan birga tuman adliya bulimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.


13
“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir”

Yangiobod tuman adliya bo’limi tomonidan tuman prokurori J.Saloxiddinov bilan birgalikda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori ostida “Balandchaqir” hamda “Xo’jamushkent” mahalla fuqarolar yig’inlarida aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ’ibot davomida O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O’RQ-779-son Qonuning mazmun-mohiyatini va ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek mahallalardagi referendum uchastkalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ko’zdan kechirildi.

13
Jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan "mahallabay" huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturining 51-bandida mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish belgilangan.
Mazkur band ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi hamda mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha” kompleks chora tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi hamda mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha” kompleks chora tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, Zarbdor tuman adliya bo'limi tomonidan Adrobod Mahalla fuqarolar yig’inida fermerlar va keng aholi qatlami ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167,168,169-moddalari boʻyicha jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari, jazoning muqararligi hamda jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

12
"Konstitutsiya-huquqlarimiz kafolati"

Forish tuman adliya bo`limi tomonidan Jizzax viloyati adliya boshqarmasining 2022-yil 4-avgustdagi 1-05/02-8//3889-sonli sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan tuman ishchi guruhi tuzilib, targ`ibot dasturi bo`yicha joylarda manzilli targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda.
Xususan, Osmonsoy, O`xum, Egizbuloq, Nurak, Bog`don, Uchma, Qo`lba mahallalarida hamda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tuman adliya bo`limi binosida, tumandagi maktab menejerlariga 1-maktab binosida, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg`armasida, tuman Tibbiyot birlashmasida, aholi gavjum hisoblangan Osmonsoy MFY dagi Farhod dehqon bozorida va boshqa joylarda referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha hamda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” mavzusi doirasida barcha tumanlarda targ’ibot tadbiri tashkil etilmoqda.  
Shuningdek “Forish tongi” gazetasida konstitutsiyaga kirtilayotgan o`zgarishlar va referendumga bag`ishlangan maqolalar chop etildi. Bundan tashqari, Forish tuman adliya bo‘limining “FORISH ADLIYA VA FUQARO” telegram guruhiga konstitutsiyaga kirtilayotgan o`zgarishlar va referendum haqida yangilik va ma’lumotlar joylashtirilib borilmoqda.

12
Aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatma asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda

Adliya vazirining 25.05.2022 yildagi 106-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha nazorat rejasining 12.13-bandi ijrosi bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan hududlarda va tashkilotlarda tushuntirish targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda ya’ni tuman Davlat soliq inspeksiyasi, madaniyat bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida, “Yoshlar ishlari agentligi” Zafarobod tuman bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, Moliya bo‘limida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida mavzuga oid targ‘ibot materiallari to‘plami, jumladan, annotatsiya, slayd, infografika, qo‘llanmalardan foydalanilgan holda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
  Bundan tashqari tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatma asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, hududlarda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori ostida, qo‘llanma, annotatsiya, slayd va infografikalardan samarali foydalangan holda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Targ‘ibot tadbirlariga tuman adliya bo‘limi, yuridik markaz xodimlari hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari jalb etilib, “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo‘limi xodimlari hamda madaniyat markazi binosida yoshlar o‘rtasida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek, “Adliya Fuqaro Zafarobod” hamda Zafarobod tumani hokimligi | Rasmiy kanalida (https://t.me/zafarobod_tuman_hokimligi) chiqishlar qilindi.
Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasida, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zafarobod tuman bo‘limi hamda “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, tadbir davomida annotatsiya, slayd va infografikalardan samarali foydalanildi.
Bugungi kunda aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.