Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

23
Shaxmat bo`yicha musobaqaning mahalla bosqichlari bo'lib o`tmoqda.

Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Sanoatchilar mahallasida sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in o‘tgan bahslardan keyin g‘olib ishtirokchi aniqlandi va tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Do‘stlik tumanidagi mahallalarda sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasi mahalla bosqichi o‘tkazilishi davom etmoqda.

23
Sharof Rashidov tumanida huquqiy profilaktika tadbirlari davom etmoqda Jizzax viloyat adliya boshqarmasiAugust 22, 2022

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi, IIB mas’ul xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan qizil hududga tushgan tumandagi “Xavastlik” MFYda jinoyatchilikning oldini olish, erta nikoh oqibatlari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida va odam savdosi yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari, oʻzbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi aytib o'tildi.
Shuningdek, ushbu MFYda sayyor qabul ham tashkil qilinib, unda 20 nafar fuqarolar murojaat qilishdi, shundan 5 nafari joyida hal etildi, 15 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituviga olindi.


22
Zarbdor tumanida giyoxvandlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish yuzasidan seminar tashkil etildi

Zarbdor tuman adliya boʻlimi,  tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni koʻrsatgichi boʻyicha "qizil" hududga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid, aliment masalalari, giyoxvandlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish yuzasidan aholiga zarur tushunchalar berildi.
Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda mahallada tashkil etilgan tadbirda aholi firibgarlik va tovlamachilik jinoyatlaridan ogohlikka chaqirildi.
Ta’kidlanganidek, ushbu jinoyatlarlarning predmeti o'zganing mulki yoki mulkka bo'lgan huquqidir. Bugungi taraqqiyot asrida ushbu jinoyatlarning yangi turlari aniqlanayotgani, afsuski, achinarli hol.

Plastik kartadagi pulni aldov yo'li builan yechib olish, o'qishga kiritib qo'yish, chet elga yuborish kabi yolg'on va'dalar bilan sodir etilayotgan bu kabi jinoyatlarning qurboni aynan o'z huquqini bilmagan fuqarolar bo'lib qolmoqda.
Tadbir davomida firibgar va tovlamachilar tuzog'iga tushmaslik omillari, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

21
Bugungi yoshlar nimalarni xohlaydi?

Xalq va davlat o'rtasidagi eng yaxshi muloqot yo'nalishi bu sayyor qabullar, aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlardir.
Bugun aholini qanday muammolar qiynamoqda, yoshlar nimalarni orzu qilishmoqda, ularning xohish-istaklari nimalardan iborat degan savollarga albatta mana shunday suhbatlarda yechim topiladi. Zarbdor tuman hokimi, 1-sektor rahbari Z.Ruziev, Zarbdor tuman Xalq qabulxonasi mudiri, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov, Jizzax viloyat Xalq deputatlari Kengashi deputati A.Azimov hamda tegishli tashkilotlar mas'ul rahbarlari ishtirokida "Mustaqillik" MFYda hudud yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sektor rahbari tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik uchun kredit, ko'cha yoritgichlar o'rnatish, ish bilan band bo'lish, davolanish kabi murojaatlar ko'rib chiqildi. Har bir muammoga qonuniy yechim topish uchun huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi. Tegishliligi bo'yicha mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Suhbat davomida O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin ekanligi haqida ham ta'kidlab o'tildi.

21
Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi

Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan  tumandagi “Madaniyat” , “Xavastlik” ,” Ravot” MFYlarda sayyor davlat xizmatlar koʻrsatildi.
Shuningdek, ushbu hududlarda uyma-uy yurilib, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida tuman adliya boʻlimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ularning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni tahlil qilish, mahalladagi notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sogʻlomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha aholiga tushuntirishlar beridi.

20
Sportning shaxmat turi bo'yicha Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i kubogi bo`lib o`tadi.

Shaxmat–aql bilan dunyoni zabt et!
Shaxmat bo'yicha Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i kubogi e'lon qilindi. Tanlovda faol ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiriting.
Mazkur musobaqa 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor shaxmatchilar o'rtasida 3 bosqichda bo'lib o'tadi.
1-bosqich 22-23-avgust kunlari mahallalarda,
2-bosqich 24-25-avgust kunlari tuman miqiyosida
3-bosqich 27-avgust kuni viloyat miqiyosida bo'lib o'tadi.

20
Sayyor uchrashuvlar xalq manfaatining amaliy ifodasi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Arnasoy tuman hokimligi, Arnasoy tuman adliya boʻlimi, tuman prokuraturasi, tuman IIB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasining birinchi o'rinbosari E.Maxammadiev, Arnasoy tuman hokimi X.Alimardonov, sektor rahbarlari hamda tuman tashkilotlari  mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, uchrashuvda "Huquqiy axborot kuni' doirasida Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-avgustdan 15-sentyabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilayotganligi va bu soha bo'yicha qonunchilikdagi o'zgarishlar va yangiliklar to'g'risida ham batafsil to'xtalib o'tildi.
  Targ'ibot tadbiri bir vaqtning o'zida sayyor qabulga aylandi. Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Shundan 7 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 13 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

19
Yuzma-yuz muloqotlar muammolarga yechimdir

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sharof Rashidov tumani "Xayrobod" MFYda tuman adliya bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi, mahalla faollari ishtirokida hudud aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Ta'lim-tarbiya inson kamolotida asosiy omil hisoblanib, u dastlab oilada shakllanadi. Shu sabab farzandlar kelajagi uchun bu masalalarda o'ta sergak va mas'uliyatli bo'lishimiz lozim. Tadbir davomida ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklar sonini kamaytirish borasidagi aniq tavsiyalar berildi. Bu borada hudud aholisining fikr-mulohazalari ham tinglandi. Mahalla faollari, nuroniylar tomonidan muammolar aynan huquqiy savodxonlikning pastligi ortidan paydo bo'layotganligi aytib o'tildi. Har bir fuqaroning murojaatlari e'tibor bilan tinglandi va qonuniy yechim topishi uchun dastlab barchasiga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi. Mazkur sayyor uchrashuvda aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari ham tushuntirildi. Shu bilan birga, hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlari ko'satilib, fuqarolarning uzog'i yaqin, og'iri yengil qilindi.

18
Giyohvandlik-asr vabosi

Paxtakor tuman adliya boʻlimi,  tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni koʻrsatgichi boʻyicha "qizil" hududga kiritilgan "Chamanzor" MFYda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid, aliment masalalari yuzasidan aholiga zarur tushunchalar berildi. Seminar davomida "Giyohvandlik-asr vabosi" mavzusi doirasida  giyoxvandlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.

17
Sharof Rashidov tumanidagi “Yaxtanlik” MFYda erta nikoh oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi, IIB mas’ul xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan qizil hududga tushgan tumandagi “Yaxtanlik” MFYda jinoyatchilikning oldini olish, erta nikoh oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. Tadbir davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo'yicha aholiga tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, adliya bo‘limi va mas’ul xodimlar bilan birga ushbu MFYda uyma-uy yurilib, fuqarolarning muammolari va yashash sharoiti o‘rganildi. Shuningdek, ushbu MFYda sayyor qabul ham tashkil qilinib, fuqarolarning murojaatlari tenglandi va tegishli tushunchalar berildi.