Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

26
Kadrlar salohiyati ish samarasini belgilaydi

Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “Oʼzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qoʼshma loyihasi doirasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspert - Aleksandrs Antonovsning Jizzax viloyatiga tashrifi Jizzax shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazidan boshlandi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev hamrohligida dastlab markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan Aleksandrs Antonovs fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Shu bilan birga, xodimlarni zamonaviy texnologiyalar, elektron tizim va yangi dasturlarni samarali o'zlashtira olganligi, xizmat ko'rsatish darajasiga ham alohida e'tibor qaratdi.

Shundan so'ng xalqaro ekspert boshqarmaning Inson resurslari bo'limi xodimlari bilan ochiq muloqotga kirishdi. Rivojlangan davlatlarda mazkur soha rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar birma-bir tushuntirib o'tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy HR menejmentining muhim bosqichlari bo'lmish - lavozimga tayinlangan yangi xodimlarni moslashtirish, xodimlar faoliyatini baholash (KPI), motivatsiya va rag'batlantirish hamda o'qitish va rivojlantirish sohalarini rivojlantirish bo'yicha fikr almashildi.

25
Profilaktika davr talabi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov, Mirzacho'l tuman adliya boʻlimi, tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni koʻrsatgichi boʻyicha "qizil" hududga kiritilgan hududlarda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻzbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi to'g'risida ham aytib o'tildi.
Ota-onalar o‘rtasida umumta’lim maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning o‘zida bolani bir sinfdan boshqasiga o‘tkazish yoki bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish tartiblari hamda umumta’lim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi. Shuningdek, tadbirda mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo'yicha aholiga tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari bugungi kunda eng ko`p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri bo`lgan firibgarlik jinoyatining kelib chiqish sabablari, mohiyati, yangi turdagi firibgarlik jinoyatlariga aldanib qolmaslik bo`yicha ham tushunchalar berib o`tildi.

24
Shaxmat aql bilan dunyoni zabt et!

Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani Uzun, Bo'ston, Nurafshon, Samarqand mahallalarida "Aql bilan dunyoni zabt et" shiori ostida sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in o‘tgan bahslardan keyin g‘olib ishtirokchi aniqlandi va tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

24
Chet el harbiy xizmatiga yollanganlik javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin...

Forish tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 15-avgust kuni "Qizil" hududga kirgan "Egizbuloq" MFYda, 17-avgust kuni "Nurak" MFY 12-maktab binosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, harbiy qismlarga yollanganlik javobgarlik keltirib chiqarishi mumkinligi, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, referendum o`tkazish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Targ'ibot tadbiri davomida Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan ham ma'lumotlar berib o`tildi.
Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi to`g`risida ham tushuntirishlar berib o`tildi.

23
Shaxmat bo`yicha musobaqaning mahalla bosqichlari bo'lib o`tmoqda.

Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Sanoatchilar mahallasida sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in o‘tgan bahslardan keyin g‘olib ishtirokchi aniqlandi va tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Do‘stlik tumanidagi mahallalarda sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasi mahalla bosqichi o‘tkazilishi davom etmoqda.

23
Sharof Rashidov tumanida huquqiy profilaktika tadbirlari davom etmoqda Jizzax viloyat adliya boshqarmasiAugust 22, 2022

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi, IIB mas’ul xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan qizil hududga tushgan tumandagi “Xavastlik” MFYda jinoyatchilikning oldini olish, erta nikoh oqibatlari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida va odam savdosi yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari, oʻzbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi aytib o'tildi.
Shuningdek, ushbu MFYda sayyor qabul ham tashkil qilinib, unda 20 nafar fuqarolar murojaat qilishdi, shundan 5 nafari joyida hal etildi, 15 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituviga olindi.


22
Zarbdor tumanida giyoxvandlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish yuzasidan seminar tashkil etildi

Zarbdor tuman adliya boʻlimi,  tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni koʻrsatgichi boʻyicha "qizil" hududga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid, aliment masalalari, giyoxvandlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish yuzasidan aholiga zarur tushunchalar berildi.
Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda mahallada tashkil etilgan tadbirda aholi firibgarlik va tovlamachilik jinoyatlaridan ogohlikka chaqirildi.
Ta’kidlanganidek, ushbu jinoyatlarlarning predmeti o'zganing mulki yoki mulkka bo'lgan huquqidir. Bugungi taraqqiyot asrida ushbu jinoyatlarning yangi turlari aniqlanayotgani, afsuski, achinarli hol.

Plastik kartadagi pulni aldov yo'li builan yechib olish, o'qishga kiritib qo'yish, chet elga yuborish kabi yolg'on va'dalar bilan sodir etilayotgan bu kabi jinoyatlarning qurboni aynan o'z huquqini bilmagan fuqarolar bo'lib qolmoqda.
Tadbir davomida firibgar va tovlamachilar tuzog'iga tushmaslik omillari, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

21
Bugungi yoshlar nimalarni xohlaydi?

Xalq va davlat o'rtasidagi eng yaxshi muloqot yo'nalishi bu sayyor qabullar, aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlardir.
Bugun aholini qanday muammolar qiynamoqda, yoshlar nimalarni orzu qilishmoqda, ularning xohish-istaklari nimalardan iborat degan savollarga albatta mana shunday suhbatlarda yechim topiladi. Zarbdor tuman hokimi, 1-sektor rahbari Z.Ruziev, Zarbdor tuman Xalq qabulxonasi mudiri, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov, Jizzax viloyat Xalq deputatlari Kengashi deputati A.Azimov hamda tegishli tashkilotlar mas'ul rahbarlari ishtirokida "Mustaqillik" MFYda hudud yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sektor rahbari tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik uchun kredit, ko'cha yoritgichlar o'rnatish, ish bilan band bo'lish, davolanish kabi murojaatlar ko'rib chiqildi. Har bir muammoga qonuniy yechim topish uchun huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi. Tegishliligi bo'yicha mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Suhbat davomida O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin ekanligi haqida ham ta'kidlab o'tildi.

21
Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi

Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan  tumandagi “Madaniyat” , “Xavastlik” ,” Ravot” MFYlarda sayyor davlat xizmatlar koʻrsatildi.
Shuningdek, ushbu hududlarda uyma-uy yurilib, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida tuman adliya boʻlimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ularning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni tahlil qilish, mahalladagi notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sogʻlomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha aholiga tushuntirishlar beridi.

20
Sportning shaxmat turi bo'yicha Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i kubogi bo`lib o`tadi.

Shaxmat–aql bilan dunyoni zabt et!
Shaxmat bo'yicha Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i kubogi e'lon qilindi. Tanlovda faol ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiriting.
Mazkur musobaqa 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor shaxmatchilar o'rtasida 3 bosqichda bo'lib o'tadi.
1-bosqich 22-23-avgust kunlari mahallalarda,
2-bosqich 24-25-avgust kunlari tuman miqiyosida
3-bosqich 27-avgust kuni viloyat miqiyosida bo'lib o'tadi.