Yangiliklar
Yangiobod tumani adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan tumandagi "Sovot" mahallasida fuqarolar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli, PQ-2-sonli, O'RQ-1151-sonli, PF-80-son va PF-207-sonli qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati, mahalla yettiligi xodimlariga, fuqarolarga batafsil tushuntirildi.
Kiberjinoyatlarning bugungi kundagi turlari, ularni oldini olish va firibgarlar tuzog‘iga tushub qolmaslik uchun nimalarga rioya qilish zarurligi haqida ma‘lumotlar berildi.
Shuningdek, yettilik xodimlarini eng koʻp qiziqtirayotgan qonunchilikdagi yangiliklar, mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan bir qator masalalar boʻyicha ishtirokchilarga qonunchilikning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirildi. Tadbir davomida huquqiy targibot materiallari tarqatildi.
Adliya bo'limlari tomonidan aholi gavjum joylar: bozor, hiyobon va boshqa joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Zomin tuman adliya bo'limi ichki ishlar bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda markazga tashrif buyurgan fuqarolarga qonunchilikdagi imtiyozlar hamda firibgarlik, narko va kiberjinoyatlardan ogohlantirishga qaratilgan tarqatma materiallar fuqarolarga tarqatildi va huquqiy tushuntirishlar berildi.
Targ'ibot tadbirlarining asosiy maqsadi - fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va va noqonuniy faoliyatning oldini olishdan iborat.
Do‘stlik tuman adliya boʻlimi tSayyor qabulda ishtirok etgan 15 nafardan ortiq fuqarolardan 7 nafari oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etishga oid masala bilan murojaat qilishdi, ushbu fuqarolarga murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 2 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi.
Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”gi a’zolariga, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF–80-son (https://lex.uz/docs/-6937312) Farmonining, 05.01.2026-yildagi PQ-1-son (https://lex.uz/uz/docs/-7973611) Qarorining, 03.11.2025-yildagi PF-207-son (https://lex.uz/uz/docs/-7818774), PF-175-son (https://lex.uz/uz/docs/-8442717) Farmonlari mazmuni haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.
omonidan "Sanoatchilar” MFY fuqarolari uchun mahalla binosida sayyor qabul tashkil etildi.
Do'stlik tuman adliya bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan “Chinobod” MFYda "Adliya kuni" munosabati bilan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF–80-son Farmonining, 05.01.2026-yildagi PQ-1-son Qarorining, 03.11.2025-yildagi PF-207-son Farmonlarining mazmun-mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Rahbariyat tomonidan 05.10.2026-yilda tasdiqlangan reja-grafikka asosan Paxtakor tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Nurli pangat" MFY aholisi hamda 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf o'quvchilari ishtirokida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli Qarorlari hamda PF-175-sonli va PF-207-sonli Farmonlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, o'quvchilarga hozirgi kunda jamiyatda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyat, narkojinoyat, firibgarlik, bosqinchilik, tovlamachilik jinoyatlarining yangi turlari haqida tushunchalar berilib, tayyorlangan bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.
Foriş tuman Adliya bölimi tomonidan Foriş tumani Osmonsoy MFYda Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsada “Adliya kuni” hamda “Huquqiy tarğibot kuni” tadbirlari ötkazildi.
Tadbirlar davomida uyma-uy yurilib, aholining huquqiy muammolari örganilib, PF-207-sonli Farmon,PQ 1-sonli Qaror doirasida suhbatlaşildi hamda giyohvandlik va psixotrop dori vositalarining tarqalişini oldini oliş, ularni iste’mol qilişning salbiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berildi. Şu bilan bir qatorda, MFY xodimlar bilan suhbat ötkazilib, qonunçilikdagi yangiliklardan xabardor qilindi.
Tadbir davomida PQ-1-sonli qaror doirasida kiberjinoyatçilik, odam savdosi, poraxörlik, öğrilik, firibgarlik, giyohvandlik, badanga turli darajada şikast yetkaziş, haqorat, tuhmat va boşqa turdagi jinoyatlarning oldini olişga qaratilgan tarğibot materiallari tarqatilib, ularning mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Bugun mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va pirovardida oilalar daromadlarini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ushbu maqsadlarga faqatgina yuqori texnologiyali yirik korxonalar emas, balki iqtisodiyotning drayveri bo‘lgan kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirish orqali erishish mumkinligi hayotiy haqiqatdir. Davlatimiz rahbari tomonidan 2026 yil 11 sentabrda qabul qilingan «Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-193-sonli Farmon mahalliy darajada iqtisodiy faollikni oshirishda muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.
Farmonning eng muhim jihatlaridan biri — boshqaruv va moliyaviy resurslarni taqsimlash tizimining mahalliylashtirilganidir. Endilikda viloyatlar darajasida hududiy shtablar, bizning tumanimizda esa tuman (shahar) hokimlari rahbarligida maxsus shtablar tashkil etildi.
Bu shuni anglatadiki, qaysi tadbirkorga kredit ajratish yoki qaysi sohani qo‘llab-quvvatlash kerakligini yuqori idoralar emas, balki bevosita mahalladagi real holatni biladigan tuman shtabi hal qiladi. Shtabning asosiy vazifasi — har bir ehtiyojmand oila va ishsiz fuqaro bo‘yicha individual rejalar (manzilli ro‘yxatlar) asosida ularni kasbga o‘qitish yoki tadbirkorlikka jalb qilishdir.
Davlat tomonidan ushbu islohotlarning moddiy asosi sifatida 2026 yil yakuniga qadar tuman va shahar shtablari ixtiyoriga 3,2 trillion so‘mdan ortiq moliyaviy resurslar yo‘naltirilmoqda.
Farmonda kichik biznes sub’ektlari uchun misli ko‘rilmagan rag‘batlantirish mexanizmi joriy etildi. Tuman shtabi qaroriga asosan, Ijtimoiy reestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni kooperatsiya asosida ishlab chiqarishga jalb qilgan «lider tadbirkorlar»ga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Eng quvonarlisi, bu kreditlarning jalb qilingan har bir oila uchun 50 million so‘m hisobidagi qismiga garov ta’minoti talab etilmaydi. Bu tadbirkorlar uchun biznesni kengaytirish, ishsiz fuqarolar uchun esa barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish demakdir.
PF-193-sonli Farmon shunchaki navbatdagi hujjat emas, balki mahalliy biznesni oyoqqa turg‘izish va har bir xonadon farovonligini oshirishga qaratilgan strategik dasturdir.
I.Qayumov
Ijtimoiy inspeksiyaning jizzax viloyat
boshqarmasi bosh mutaxassisi
Zomin tumani adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan tumandagi "Oq tepa" mahallasida joylashgan 37-maktab binosida fuqarolar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli, PQ-2-sonli, O'RQ-1151-sonli, PF-80-son va PF-207-sonli qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati, mahalla yettiligi xodimlariga, fuqarolarga batafsil tushuntirildi.
Kiberjinoyatlarning bugungi kundagi turlari, ularni oldini olish va firibgarlar tuzog‘iga tushub qolmaslik uchun nimalarga rioya qilish zarurligi haqida ma‘lumotlar berildi.
Shuningdek, yettilik xodimlarini eng koʻp qiziqtirayotgan qonunchilikdagi yangiliklar, mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan bir qator masalalar boʻyicha ishtirokchilarga qonunchilikning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirildi.
Do‘stlik tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Qahramon MFYda “Adliya kuni” munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF–80-son Farmonining (ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari mas’uliyatini oshirish), 05.01.2026-yildagi PQ-1-son Qarorining (mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish) hamda 03.11.2025-yildagi PF-207-son Farmoni mazmun-mohiyati yoritildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 05.04.2024-yildagi Qonuni asosida “E'tirof” AT platformasi orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ulardagi binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibi tushuntirildi
Ayniqsa, 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali egallab olingan yerlarga bo‘lgan ijara va mulk huquqini rasmiylashtirish muddatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig’i A.Ergashev tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
«M.Orolov» MFY hududida joylashgan mahallada, 12-son DMTT va Mahalla fuqarolar yigʻini binosida hamda Oilaviy tashkil etilgan ushbu tadbir davomida kiberjinoyatchilik, odam savdosi, poraxorlik hamda giyohvandlikning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha fuqarolarga atroflicha tushuntirishlar berilib, mavzuga oid targ‘ibot va axborot materiallari tarqatildi.