Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

18
O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.
Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadida  BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati  va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasining  texnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bshlib, BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qo‘llanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari joylashtirilgan xolos). Uning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi O‘zbekistondagi islohotlarning , xususan aholini ro‘yxatga olish tadbirini  o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.
Yana bir muhim jihati, o‘zbekcha qo‘llanmaning BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga g‘urur bag‘ishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishni  o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning  bilimini oshirib, tadbirning sifatli o‘tkazilishida muhim rol o‘ynaydi.
                                                                                                                                                                                                                                                      Jizzax viloyat statistika boshqarmasi

17
"E'tiboringiz markazida"

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "E'tiboringiz markazida" tok shousi orqali "Yo'l qoidasi-umr foydasi" mavzusida muhokama tashkil etildi. Unda SHarof Rashidov tuman adliya bo'limi boshlig'i Ilg'or Rashidov ekspert sifatida ishtirok etib, bugungi kunda haydovchilik guvohnomasini olish va berish tartiblari, yo'l xarakati qoidalarini buzganda qonunchilikda qanday javobgarlik belgilangani masalalari yuzasidan ma'lumot berdi. Mazkur sohadagi o'zgarishlar va yangiliklarga ham alohida to'xtalib o'tildi. Ko'rsatuv 19-fevral kuni efirga uzatiladi.

16
"Mexr daftari" muruvvat va insoniylik timsoli

2022-yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zarbdor tuman hududida yashovchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish boʻyicha Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joylarga chiqqan holda huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. “Huquqiy targʻibot kuni” doirasida Markaz xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan “Ravot”, “Toshkesgan” va “Sharq Yulduzi” mahallalarida yashovchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolar bilan yashash joylariga chiqqan holda suhbat oʻtkazildi.

Monitoring suhbat jarayonida bir qator qonunchilik hujjatlari bo‘yicha huquqiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi, jumladan:

Hukumat qarori bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida «Mehr daftari»ga kiritiladi va undan chiqariladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lganda tegishli qaror asosida «Mehr daftari»dan chiqariladi.

Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart. Bandligi ta’minlanmagan holatlarda, «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi ta’minlangungacha, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shu’balari «Mehr daftari»ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori bilan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

Suhbat jarayonida mazkur fuqarolarga ijtimoiy ta'minot masalalaridagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha ham tushuntirish berildi.

Shuningdek, monitoring jarayonida ushbu toifadagi fuqarolarning mavjud muammolari o‘rganib ko‘rildi va ularni yechimini topish masalasida Markaz tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatilishi tushuntirib o‘tildi.

15
Ish beruvchi adolatli bo'lsa, xodim mas'uliyatli bo'ladi

Mirzacho'l tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro D.Xudoyberdievaning ish beruvchi tomonidan ohirgi hisob kitob pullarini berilmaganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli tartibda o'rganib chiqildi. Unga ko'ra:

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Jizzax filiali tomonidan, xodim fuqaro D.Xudoyberdieva bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda qonun buzilish xolatlari borligi, shu bilan birga xodimning to'lanmay qolib ketgan 15 993 225 so'm miqdoridagi pul mablag'i berilmayotganligi aniqlandi. Adliya bo'limining fuqaro manfaatida tashkilotga qiritgan taqdimnomasi asosli deb topilib, to'liq qanoatlantirildi, D.Xudoyberdievaga pul mablag'lari undirib berildi.


14
Adliya va deputatlar hamkorligi

Forish tuman adliya bo'limi va Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Mazkur tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini «E-qaror» elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro'yxatga olish va e'lon qilish tartibi to'g'risida”gi nizom,«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni hamda Adliya vazirining 2021 yil 15 noyabrdagi 19-mh-son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o'tkazish qoidalariga muvofiq Halq deputatlari tuman Kengashining normativ tusdagi qaror loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o'tkazish va qabul qilish tartibi, shu o'rida belgilangan tartibga rioya qilmaslik oqibatlar haqida tegishli tushuntirishlar va tavsiyalar berildi. Tadbirda deputatlar bilan huquq ustuvorligi indeksi bo'yicha so'rovnomalar o'tkazildi.

11
Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy

“Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Jizzax viloyatida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tasdiqkangan huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil etish reja-grafigi asosida Yoshlar innovasion markazida tashkil etilgan mazkur davra suhbati viloyat adliya boshqarmasi, "Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi Jizzax viloyat bo'linmasi, OITS markazi, tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining Jizzax filiali, Davlat xizmatlari agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi hamkorligida o'tkazildi.Oyliklar doirasida rejalashtirilgan:

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha ma'lumotlar OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish; Masofadan bepul mavzuli kurslarni tashkil etish elektron tizimida (kurslar.huquqiyportal.uz) ayollar huquqiga oid bepul onlayn o'quv kurslarini tashkil etish; “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish; Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonini o'tkazish kabi ma'lumotlar ishtirokchilarga aytib o'tildi.
Shu bilan birga sayyor qabullar tashkil etilib xotin-qizlar tomonidan aytib o'tilgan barcha masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Hususan, ijtiomiy ko'makka muhtoj ayollarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qonunchilikda belgilangan tartiblarga ko'ra hamkor tashkilotlar bilan birga amaliy yordam ko'rsatilishi ta'minlanadi.

10
Noqonuniy chiqarilgan qaror fuqaro noroziligiga sabab bo'ldi

Baxmal tumani adliya bo'limiga fuqaro Q.Meliboev o'z arizasi bilan murojaat qilib, Kadastr agentligi Baxmal tuman bo'limi tomonidan unga nisbatan noto'g'ri ma'muriy qaror qabul qilganligidan shikoyat qilgan. Mazkur murojaat adliya bo'limi xodimlari tomonidan batafsil o'rganilganda quyidagilar ma'lum bo'ldi. Q.Meliboev Yer kodeksining 31-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 dekabrdagi 1060-sonli qaroriga zid ravishda o'zi rahbarlik qilayotgan fermer xo'jaligini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun vaqtida murojaat qilmaganligi vaji bilan kadastr agentligining Baxmal tuman bo'limi tomonidan fuqaroga nisbatan 4 050 000 so‘m ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 242-moddasiga zid ravishda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Jizzax viloyati Kadastr boshqarmasining Baxmal tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Xaydarov Alisher Safarovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasi birinchi qismiga binoan 2021 yil 15 noyabr kunidan bekor qilingan bo‘lsada ushbu fuqaroga nisbatan 24.11.2021 yil kuni QJIZ 2124109783226-sonli MJtKkning 68-moddasiga asosan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida”gi nizom talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi. Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan DSQ huzuridagi Kadastr agentligi Jizzax viloyati kadastr boshqarmasiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilishi natijasida, 24.11.2021 yildagi QJIZ 2124109783226-son 4 050 000 so‘m ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror DSQ huzuridagi Kadastr agentligi Jizzax viloyati kadastr boshqarmasi tomonidan 3.02.2022 yil kuni bekor qilindi.

09
Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilinadi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Jizzax viloyat  Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, Jizzax viloyat Sogʻliqni saqlash  boshqarmasi, Jizzax viloyat Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax viloyat xududiy boshqarmasi bilan birgalikda Jizzax viloyatida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil etish reja-grafigi belgilab olindi. Mutasaddi tashklot vakillari ishtirokidagi mazkur yig'ilishda bu borada viloyatimizda amalga oshirilgan ishlarga alohida to'xtalib o'tildi. Belgilangan targ'ibot tadbirlarini sifatli o'tkazish asnosida xotin-qizlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi sa'yi-harakatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish borasida mustahkam hamkorlik yo'lga qo'yilishi ta'minlanadi.

08
Notariuslar faoliyatini tashkil etishda qonuniylik tamoyillari

Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi notariuslarga notariat soxasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun mohiyati va huquqni qo'llash amaliyoti yuzasidan ZOOM platformasi orqali seminar tashkil etildi. Shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga , terorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat qoidalariga mas'ul shaxslarga yil yakunlari bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berildi.

07
Taraqqiyot strategiyasi xalq farovonligi yo'lidagi muhim hujjatdir

G‘allaorol tumani yuridik xizimzat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jo‘shqin Rabbimov ishtirokida tuman Irrigatsiya bo‘limi mehnat jamoasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvar kuni qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish olib borildi.  

Mazkur huquqiy targ‘ibot jarayonida ushbu Farmon bilan taraqqiyotning 7 ta yo‘nalishi belgilanganligi, ularni amalga oshirishda 100 ta maqsad ko‘zda tutilganligi, shuningdek, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir 398 banddan iborat Davlat dasturi tasdiqlanganligi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuvda Farmonning asosiy tamoyili, undan ko‘zda tutilgan maqsadga batafsil to‘xtalib o‘tildi. SHuningdek, inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati, mahallaning “faol” modelini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, aholi salomatligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat boshqaruv organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal kilishdagi mas’uliyati va javobgarligini oshirish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.