Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

26
Korrupsiya islohotlar tanazzuli

Korrupsion vaziyatni tahlil qilishdan oldin eng avvalo “korrupsiya o’zi nima?” “korrupsiyani qanday omillar keltirib chiqaradi?” degan savollarga to’xtalib o’tishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamiyatdagi aksar hollarda insonlar ongida "korrupsiya" so'zi "pul" va "poraxo'rlik" tushunchalari bilan talqin qilinadi. Yuridik manbalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, korrupsiyaga faqat pora olish yoki berish emas, balki xizmat vaqtida tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna qilish, xushomadgo‘ylik, qarindoshchilik, sovg‘a olish va berish faoliyatlari ham kiradi. Bu vaziyatni umumiy qilib, mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar yo'lida foyda olishidir deya izohlasak also mubolag’a qilmaymiz. Korrupsion holatni vaqtida bartaraf etmaslik mamlakatni tanazzul sari yetaklovchi eng katta omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu haqida mashhur iqtisodchi olim Berdhen o'z fikrini quyidagicha talqin qilgan, xususan, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. 

Korrupsiyaning iqtisodiy jabhalarga kirishi natijasida quyidagi holatlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas:

  • mamlakatda pul mablag‘larini va resurslarini to'g'ri taqsimlanmasligi va noto'g'ri sarflanishi;
  • biznes faoliyatini olib borishda vaqt va xarajatlarning keskin ortib ketishi;
  • iqtisodiyotda narx-navoning o‘sishi;
  • turli sohalarda raqobat muhiti yomonlashuvi va o'rnatilgan qonun-qoidalarga hammaning birdek amal qilmasligi;
  • yashirin iqtisodiyot o‘sishi va soliq to'lovchilardan tushadigan pul tushumlarining kamayishi;
  • mamlakat miqyosida investitsion muhitning yomonlashishi, investitsiyalar oqimining kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Korrupsiyaning iqtisodiy jabhalarga kirishi natijasida quyidagi holatlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas:
  • mamlakatda pul mablag‘larini va resurslarini to'g'ri taqsimlanmasligi va noto'g'ri sarflanishi;
  • biznes faoliyatini olib borishda vaqt va xarajatlarning keskin ortib ketishi;
  • iqtisodiyotda narx-navoning o‘sishi;
  • turli sohalarda raqobat muhiti yomonlashuvi va o'rnatilgan qonun-qoidalarga hammaning birdek amal qilmasligi;
  • yashirin iqtisodiyot o‘sishi va soliq to'lovchilardan tushadigan pul tushumlarining kamayishi;
  • mamlakat miqyosida investitsion muhitning yomonlashishi, investitsiyalar oqimining kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Korrupsiyani ko'pincha gidra bilan solishtirilishiga qaramay, ushbu hodisaga qarshi kurashishning juda samarali usullari mavjud, bu jahon amaliyotida muvaffaqiyatli isbotlangan. Korrupsiyaga qarshi kurashmaslik uni qo'llab-quvvatlash demakdir va bunday harakatsizlikning halokatli oqibatlari jamiyatning barcha jabhalarida yuzaga kelishini hisobga olsak, bu “ichki dushman”ga qarshi kurashish muammosi har qanday davlatda mavjud. Shuning uchun korrupsiya sabablarini o'rganish juda muhim - axir, nafaqat korrupsiyaning o'zi, balki korrupsiyaga sabab bo'luvchi omillar bilan ham kurashish kerak. Korrupsiya nima ekanligini tushunib, ushbu hodisani va boshqa mamlakatlarning unga qarshi turish tajribasini o'rganib, bilimga ega bo'lishimiz lozim. Asosiysi, insonlar ongida huquqiy madaniyatni rivojlantirish orqali jamiyatdagi korrupsion holatni yuzaga kelishini qaysidir ma'noda oldi olinishiga xizmat qilgan bo'lamiz.


Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Yoqubjonova M.V

25
Jizzax viloyati yuridik texnikumida "Yuksalish" umummilliy harakati va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirni texnikum direktori A.Idiboyev ochib berdi. 

Shuningdek tadbirda Harakatning Jizzax viloyati hududiy bo'linmasi rahbari X.Abduniyazov ishtirok etib "Yuksalish" umummilliy harakati yoshlarning sa'y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish borasida BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) bilan "U-Report " hukumat va yoshlar o'rtasidagi muloqot o'rnatishga ko'mak beradigan innovatsion platforma haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar e'tiboriga "Yuksalish" umummilliy harakati haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. 

Tadbir so'nggida o'quvchilar o'rtasida viktorina o'tkazildi. G'olib bo'lgan o'quvchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.

24
Qonun hujjatlari targ‘iboti radio orqali yetkazilmoqda

Joriy yilning 22-oktyabr kuni “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish borasida olib borilayotgan ishlar hususida suhbatlashish uchun Gʻallaorol tuman adliya boʻlimi boshligʻi Farruh Mirzayev “Jizzax” radiosining “Intervyu” eshittirishiga taklif etildi.

23
Huquqiy bilim muvaffaqiyat kaliti

Huquqiy savodxonlik mehnat faoliyatidagi har qanday to'siqlarga qarshi tura oladigan kuchli quroldir. Shu sabab o'z huquqlarimizni yaxshi bilishimiz foydadan holi emas. Bugunda yuridik markazlar o'zlari xizmat ko'rsatadigan tashkilotlarning xodimlari o'rtasida mana shunday targ'ibot tadbirlari olib bormoqdaki, natijada ular orasida ish faoliyatida yuzaga kelayotgan turli muammoli vaziyatlar, savollarga shu yerda javob topilmoqda.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasida tuman yuridik xizmat ko'rsatish bosh yuriskonsulti S.Ummatqulov tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi? Unda amaldagi sohaviy qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, yaqinda qabul qilingan “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha tushuncha berildi.

22
"YIL AYOLI" milliy tanlovining viloyat bosqichida

Jizzax yuridik texnikum o'quvchisi 
Sadoqat Bekmurodova “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

“Yil ayoli” milliy tanlovining 
Jizzax viloyat bosqichida shahar hamda tumanlardan 13 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Mana shuday tashabbuskor ayollardan biri Sadoqat Anarqulovna Bekmurodova Jizzax viloyat yuridik texnikumi 2-bosqich o‘quvchisi. Sadoqat Bekmurodova ushbu dargohda o‘zining bilimdonligi, tirishqoqligi, o‘z ustida tinmay izlanishi bilan ajralib turadi.
Sadoqat Anarqulovna o‘qib kelayotgan  Davlat-huquqiy faoliyat yoʻnalishi bo‘yicha bir qator maqolalar muallifi.
"Kelajakda xalqimizning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar, yosh tadbirkorlar uchun qo'llanmalar, o'quv dasturlari, maktab tashkil qilmoqchiman, eng asosiysi malakali yuridik kadr bo‘lib, elimizga xizmat qilish niyatidaman",-dedi Sadoqat Bekmurodova.

19
Tezkor, qulay va samarali targʻibot

Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturining bugungi-22 noyabr, soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 dagi sonlarida yuguruvchi titrlar orqali 15 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida”gi Qonunning aholi uchun dolzarb va qiziq boʻlgan asosiy jihatlari berib boriladi.

18
“Motivatsiya bekatida” rahbarlar va yoshlar uchrashuvi

Jizzax davlat pedagogika institutida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Motivatsiya bekati” tadbiri tashkil etildi. Unda DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Umurzakov va viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev ishtirok etdi. Talabalar bilan uchrashuv avvalida mehmonlar institut rektori  Sh.Sharipov boshchiligida “Talabalar do‘stligi uchun” deb nomlangan bannerga o‘z dil izhorlarini yozib qoldirishdi. 
Shundan so‘ng “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hovlisiga ko‘chatlar ekildi.


17
Bayrogʻim faxrim

Jizzax viloyatining barcha hududlarida Bayrogʻimiz qabul qilingan sana katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Milliy gʻururimiz hosoblangan davlat ramzi-bayrogʻimizni vatanimizning dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnina ega boʻlishida munosib hissasi bor. Yuksaklarda xilpirab turgan bayrogʻimiz oʻzbek millatining togʻdey gʻururiga uxshaydi. Shu sabab u faxr-iftihorimiz ramzidir. Viloyat Adliya boshqarmasi hamda yuridik hizmat ko'rsatish markazlari xodimlari bilan birgalikda #bayrogʻimfaxrim xeshtegi ostida Jizzax shahri boʻylab turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Unda yoshlarning milliy ramzlarimizga boʻlgan hurmat-ehtiromi yuqori ekanligi bevosita namoyon boʻlmoqda.

16
TV sharx

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharx” koʻrsatuvining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori  mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Ushbu koʻrsatuv 21-noyabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.

15
Diyor intervyu

2 - noyabr kuni Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi boʻyicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun:
- BHMning 70 foizi miqdorida toʻlov; 
- 20 AQSH dollari miqdorida konsullik yigʻimi;
- 20 AQSH dollari miqdorida haqiqiy harajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim undiriladi.

Ushbu Nizomning mazmun-mohiyati yuzasidan Huquqiy targibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ishonqulov Jizzax radiosining " Diyor intervyu" eshittirishida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.