Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

23
Adliya xalq bilan yanada yaqinroq

Arnasoy tumani “Boʻston” mahallasidagi “Adliya kuni” tadbirlari davomida sayyor qabul tashkil etildi. Unda adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari B.Ikromov ishtirok etib, hudud aholisi bilan suhbatladhildi. Fuqarolarning 3 ta murojaati joyida hal etildi, 3 nafar fuqaroning 4 ta huquqiy muammosi ish yurituvga olindi.

Shu bilan birga, aholiga qonunchilikdagi imtiyozlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Sohada qabul qilingan soʻngi qonunchilik hujjati PF-80-sonli Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Fuqarolarning talab va istaklaridan kelib chiqib, ularning huquqiy muammolarini oʻrganish boʻyicha alohida suhbat tashkil etildi. Bir vaqtning oʻzida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Uyma-uy yurish orqali aholi xonadonlariga borilib, huquqiy muammolari oʻrganildi. Mahalla yettiligiga oʻz faoliyatlari doirasida huquqiy tushuntirishlar berilib, yagona amaliyotni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

22
Yoshlarni hayotga tayyorlash kurslari

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash nafaqat ota-onaning balki jamiyatning ham vazifasi. Shu sabab joylardagi xotin-qizlar faolari bilan FHDY xodimlari oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha uchrashuvlar muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.

Zarbdor tuman FHDY  boʻlimi hamda oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan  yoshlarni oilaga tayorlash boʻyicha uquv kursi oʻtkazildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

O'quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

19
Yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish muhim masala

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan adliya organlariga bir qancha qoʻshimcha vaziva va funksiyalar belgilangan edi, shulardan biri davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borishdir.

Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yigʻinlarida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan oilaviy nizolarni koʻrib chiqilishi monitoring qilinganda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan oilaviy ajrimlarni koʻrib chiqish va yakuniy xulosaga kelish boʻyicha yagona amaliyot mavjud emasligi aniqlandi.

Shunga koʻra,  “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan qarorning namunaviy shakli ishlab chiqilib, mazkur tashabbus muhokamasi uchun masʼullar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Endilikda mazkur amaliyot viloyat boʻyicha bir xilda olib borilishi, bunda nimalarga alohida ahamiyat qaratilishi yuzasidan maʼlumot berildi. Joylardagi xotin-qizlar faollarining faoliyati doirasida yuzaga kelayotgan turli xil savollarning huquqiy yechimlari yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan tushunchalar berildi.

18
CHORSHANBA-HUQUQIY TARG'IBOT KUNI!

Jizzax shahar adliya  bo‘limi tomonidan shaharning "Olmazor" mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri tashkil etildi.

Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Mahalladagi aniqlangan tizimli muammolardan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishlarda aholiga keng qamrovli huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

17
MANZILLI TARG'IBOT TADBIRLARI SAMARA BERMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.

Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.

16
ZUKKO_KITOBXON

Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida  “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining tuman (shahar) bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlov  g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

G‘olib bo‘lgan zukko kitobxonlarga esdalik sovg‘alari bilan diplomlar topshirildi.

15
Adliya eslatadi

Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun: https://lex.uz/docs/3796969

Diniy tashkilotlar uchun: https://lex.uz/docs/4089832

Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun https://www.e-ngo.uz/ portali ishga tushirilgan.

Hisobot nodavlat notijorat tashkilotining shaxsiy kabinetida toʻldiriladi.

Hisobot topshirish davomida adliya organi xodimi yoki har qanday shaxs tomonidan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar sodir etilsa yoki uning alomatlari haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, quyidagilar orqali Adliya vazirligiga xabar berishingiz soʻraladi:

– @antikorbot telegram kanali;
– “1008” ishonch telefoni;
–  (71) 207 04 39;
info@adliya.uz;
minjust@exat.uz.

Unutmang: hisobot adliya organiga 1 yilda faqat bir marta elektron tizim orqali topshiriladi. Qogʻoz shaklda hisobot taqdim etish talab qilinmaydi.

12
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan OAV xodimlari, jamoatchilik vakillari va blogerlar uchun press tur tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Zomin tuman adliya bo'limi faoliyati bilan jurnalistlar, shu orqali keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirning dastlabki manzili tuman adliya bo'limi bo'ldi.

Tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT faoliyati batafsil tushuntirib o'tildi.

Farmonda belgilangan vazifalar "Mustaqiilik" mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni" tadbiri doirasida ko'rsatib berildi. Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etlganligi mazkur tadbirlarning samarasini yaqqol namoyon etdi. Uyma-uy yurgan xolda aholi muammolarini o'rganish, fuqarolarga bepul

Tadbir ishtirokchilariga mahallaga o'rnatilgan infokiosk faoliyati ham tushuntirib o'tildi. Bu ham fuqarolarning og'irini engil qilish uchun amalga oshirilayotgan sayi-harakatlarning yana bir ifodasi ekanligi ta'kidlandi.

"Ziyo ulash" aksiyasi doirasida tashkil etilgan kutubxona ham aynan mana shu mahalla fuqsrolar yig'ini binosidan joy olgan. Aholi ayniqsa yoshlar o' rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etgan maxkur kutubxonadan 500 ga yaqin turli janrdagi kitoblar joy olgan.

Shu bilan birga tog' yon bag'irlarida joylashgan "Suffa" rekreatsion zonasida qurib foydalanishga topshirilgan tantanalar uyi ham tanishtirildi. Ikki yoshning nikoh marosimi ham tashkil etilganligi press tur ishtirokchilariga o'zgacha taassurot baxsh etdi.

11
Adliya kuni-huquqiy masalalar yechim topadigan kun! 

Jizzax shahar adliya bo’limi hamda "Madad" NNT  tomonidan Jizzax shahar, Ittifoq MFYda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Fuqarolarning huquqiy muammolarini bartaraf etish maqsadida ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Fuqaro L.Shensovaning boquvchisini yo'qotganligi, ishsizligi, yagona ijtimoiy himoya reestrida turishi hamda 3 yoshli farzandini maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi.
-Fuqaro shahardagi 36-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga yordamchi tarbiyachi lavozimiga ishga joylashtirildi.
-3 yoshli farzandi ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilindi.

Fuqarolar qonunchilik tizimidagi eng ohirgi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilindi.

10
Adliya kuni-huquqiy masalalar yechim topadigan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Forish hamda Yangiobod tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FXDY xodimlari mahallalarda bo'lib hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning bir necha turdagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida odamlarning murojaatlari o‘rganildi.

Har bir xanodonga tashrif buyurilib fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganilib targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.