Yangiliklar
Xalqqa xizmat qilishni o‘z oldimizga oliy maqsad sifatida qo‘ygan xolda ishlarni tashkil qilish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini, mamlaktimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirishga zamin yaratadi.
Zarbdor tumanining "Taraqqiyot" mahallasida namuna sifatida tashkil etilgan "Huquqiy mahalla" loyihasi endilikda butun respublika miqiyosida davom etmoqda. Bu borada Jizzax viloyatida katta tajriba to‘plandi, endilikda ana shu amaliyot keng qamrovli tadbirlar misolida davom etmoqda. "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar yuzasidan tashkil etilgan seminar trening davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘ladigan ishlar batafsil tushuntirib o‘tildi.
Eng asosiysi mazkur loyihada bevosita ishtirok etadigan xodimlar tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rtaga tashlandi. Fuqarolarga birlamchi huquqiy ko‘mak berish, huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish orqali aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlarni yanada samaraliroq tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, kelgusidagi vazifalar ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Yangiobod tumani “Balandchaqir” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda yanvar oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar
Sharof Rashidov tuman adliya bo’limi tomonidan “Yangi hayot” MFY hududida mahalla yetiligi mas’ullari ishtirokida "Seminar" o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Sharof Rashidov tuman “Yangi hayot” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda yanvar oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar xususida tushuntirishlar va ko‘rsatmalar berildi.
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Sharof Rashidov tumanining “Samarqand quduq” mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari oʻrganildi.
Xususan, 28 ta murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyatini kadastr, kredit, tibbiyot, subsidiya, pensiya masalalari bilan bogʻlik boʻlgan muammolar tashkil etdi. Soha bilan bogʻlik boʻlgan 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, oʻrganishni talab etiladigan muammolar ish yurituviga qabul qilindi hamda ayrimlari tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirdi.
Shuningdek, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga adliya vaziri oʻrinbosari, “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.
Muloqot davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, bu borada “mahalla yettiligi” aʼzolarining ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Shu kunning oʻzida X.Meliyev tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlar bilan muloqot oʻtkazdi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida tavsiyalar berdi.
Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev Jizzax viloyati adliya boshqarmasining yangidan rekonstruktsiya qilingan binosi, xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.
Boshqarmada tashkil etilgan situаtsion markazda bo'lib, tuman adliya bo'limi xodimlari bilan bog'lanildi, kasb etikasi va ish faoliyatidagi asosiy masalalar haqida ma'lumot berildi.
Xodimlar bilan suhbat tashkil etilib, funksional vazifalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Ish sifati va samaradorligini oshirish bo'yicha aniq tavsiyalar berildi.
Suhbat davomida Zarbdor tumanining “Taraqqiyot” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududdagi jami 728 ta xonadonlar qamrab olingani, birinchi bosqichda muammolar oʻrganilgani, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi huquqiy koʻmak koʻrsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish borasida uyushqoqlik bilan amaliy ishlar olib borilgani, endilikda mazkur tajriba butun respublika bo'ylab amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan “ROCKFIBER” zavodi faoliyati bilan tanishdi.
Bazalt va boshqa koʻplab bazalt kompozit qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur zavod oʻz faoliyatini 2015-yilda boshlagan. Zavodda 725 nafar mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.
Uchrashuvda mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, Forish tumanida adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimlari xodimlari bilan ham suhbat tashkil etilib, mazkur yilda erishilgan yutuqlar va yangi yildagi rejalar haqida oʻrtoqlashildi.
Sohada olib borilayotgan yangiliklardan xodimlarning xabardorlik darajasi oʻrganildi. Oʻz faoliyatida xalqimizga xizmat qilishning ahamiyati va masʼuliyati haqida ham taʼkidlandi.
Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 25-dekabr kuni tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og'ir hududi hisoblangan "Saritepa" mahallasida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami qonunchilikdagi imtiyozlar haqida xabardor qilinib, imtiyozlardan foydalanish tartiblari yetkazildi, bir vaqtning o'zida energiya tejamkorligi va ulardan foydalanish samaradorligi hamda imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish masalasi "Mahalla yettiligi" va aholiga tushuntirildi.
Bundan tashqari, aholiga qonunchilikdagi imtiyozlar mazmuni yetkazilib, tarqatma materiallar tarqatildi.
Sh.Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 23-dekabr kuni tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og'ir hududi hisoblangan "Ko'rpasoy" mahallasida targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
O'tkazilgan tadbirlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qonunchilikdagi imtiyozlar haqida xabardor qilinib, ishsizlikdan himoyalanish hamda imtiyozlardan foydalanish tartiblari yetkazildi, bir vaqtning o'zida energiya tejamkorligi va ulardan foydalanish samaradorligi hamda imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning oqibatlari va qilmish uchun jazo muqarrarligi masalalari "Mahalla yettiligi" va keng aholiga qatlamiga tushuntirib berildi.
Bundan tashqari, uyma-uy yurilgan holda aholiga qonunchilikdagi imtiyozlar mazmuni yetkazilib, tarqatma materiallar tarqatildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni ijrosi doirasida Yangiobod tumani “Sovot” QFYda “Adliya kuni” tadbiri o’tkazildi.
O’tkazilgan sayyor qabul davomida 35 nafar fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari mas'ullar ishtirokida koʻrib chiqildi.
3 ta murojaat ish yurituviga olinib, 7 ta murojaat joyida qanoatlantirildi va 20 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining “ Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati ham aholiga yetkazildi.