Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

29
Otaliqqa olingan yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni"

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Doʻstlik tuman adliya bo'limiga otaliqqa briktirilgan tumanning “Saritepa” mahallasidagi 3-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar” tadbiri tashkil etildi.

Yoshlar dastlab bo'limda  xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.

Shundan so‘ng o'quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari  hamda adliya bo'limlari, DXM, FHDY, YXKM ish faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

29
Sharof Rashidov tumanida "O'qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida tadbir bo'lib o'tmoqda

Sharof Rashidov tumanidagi  maktabda ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “O'qituvchilarga ehtirom” deb nomlangan tadbir boshlandi. 

Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yana-da oshirish, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa yengilliklar haqida tushuntirishlar berishdan iboratdir.

29
“Huquqiy targ‘ibot" hamda "O‘qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.

Zarbdor tumani adliya bo‘limi YXKM hodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan "Chora-tadbirlar dasturi" asosida 29.09.2025-yilda tumandagi “Navoiy” va "Yangihayot" MFYlarda  joylashgan maktablarda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu mahallalardagi 8 va 25-sonli maktablarda pedagoglarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa yengilliklar haqida tushuntirishlar berildi.Hamda ushbu maktabning kadrlar menedjeri 1-oktyabr ustozlar va murabbiylar kuni bilan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Hozirda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

26
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak

“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob almashish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
Kitob ulashing – bilim ko‘payadi!

Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda Doʻstlik tuman adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

25
Adliya_aralashgach...

Do‘stlik tuman adliya bo‘limiga tumanning “Bunyodkor” MFY, O‘zbekiston ko‘chasi, 5/1-uyda yashovchi fuqaro M.Uning homiladorlik ta’til pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, muallif tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi vazifasida ishlab kelib, homiladorlik ta’tiliga chiqarilgan.

O‘rganish jarayonida, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan muallif va boshqa 25 nafar o‘qituvchi hamda tarbiyachilarning jami 207.564.451 so‘m homiladorlik va tug‘ruq ta’til pullari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida  bo‘lim tomonidan taqdimnoma kiritildi.

Adliya bo‘limining aralashuvi bilan tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi tomonidan yuqorida qayd etilgan mablag‘lar to‘liq to‘lab berildi, xususan muallifga ham 13.216.000 so‘m to‘lanishi ta’minlanib, vajlari to‘liq qanoatlantirildi.

24
#SPORT_SPORT_SPORT

Жиззах вилоят адлия тизимида меҳнат қилаётган ходимлар ўртасида мунтазам равишда спорт тадбирлари ўтказиб келинади. Бу каби тадбирлар жамоа ўртасидаги соғлом рақобатни, бирдамлик ва аҳилликни кучайтиради. Шу билан бирга республика даражасида ташкил этиладиган спартикиада ўйинларига кучли спортчиларни тайёрлаш ва терма жамоани шакллантиришга ёрдам беради.

⚽️ Бошқарма ташаббуси билан спортнинг стол тенниси, волейбол, шахмат ва армрестлинг турлари бўйича мусобақалар ўтказилган эди. Мини футбол бўйича ўтказилган бу галги мусобақада 15 та жамоа ижтирок этиб ғолиблик учун баҳс олиб бордилар. Кескин ва муросасиз кечган ўйинлар натижасида
???? 1-ўрин Ғаллаорол тумани адлия бўлими,
???? 2-ўрин Янгиобод туман адлия бўлими ва
???? 3-ўрин Жиззах шаҳар адлия бўлими жамоаларига насиб этди.

Бундан ташқари:
???? "Энг яхши дарвозабон" номинациясига Жўшқин Раббимов,
???? "Энг яхши ҳужумчи" номинациясига Жавлон Наврузов,
???? "Энг аҳил жамоа" номинациясига Дўстлик туман адлия бўлими лойиқ топилди.

23
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak

Adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Ikromovning Zomin tumanidagi "Qayirma" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha ham huquqiy tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, mahalla ettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, huquqni qo'llash amaliyatini bir hilda olib borilayotganligi o'rganildi. Bu borada aniq tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.

22
Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi oshiriladi

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ishlash hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi PF-163 son Farmoni qabul (https://lex.uz/pdfs/7723129) qilindi.

Farmonda belgilangan maqsad va vazifalarni Jizzax viloyatidagi 304 nafar mahalla yoshlari yetakchilariga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo'yicha bosh maslahatchisi Sh.Jangiboyev va Oliy majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan Farmonga tegishli sharhlar berilib, yoshlar yetakchilariga yetkazildi.

19
Zukko_kitobxon tanlovining Jizzax viloyat bosqichi o'tlazildi

1-shart “Zakovat” oʻyini shaklida tashkil etilib, unda ishtirokchilar berilgan savollarga yozma ravishda javob berishdi. Shundan soʻng tanlov nizomiga asosan ishtirokchilar badiiy asar sharxi yoʻnalishida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

✅ Ikki shart boʻyicha umumiy tanijalar hisoblanib, eng yuqori bahoni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichi gʻolibi deb eʼlon qilindi.
???? Jizzax shahridan Aripova Mahliyo 1-oʻrinni,
???? Zomin tumanidan Abdug'afforov Jasur 2-oʻrinni,
???? Forish tumani ishtirokchisi Bilolov Hayitbek 3-o'rinni egalladi.

???? Kitob oʻqigan yoshlar oʻz kelajagi uchun mustahkam poydevor qurayotgan, toʻgʻri yoʻlni tanlay olgan, oʻz maqsadi sari dadil qadam bosayotgan ertangi kun davomchilaridir. Mazkur tanlovning 4-davra baxslari haqidagi ma'lumotlar https://t.me/jizzax_adliya_boshqarmasi kanali orqali e'lon qilinadi.

19
Sayyor qabullar muammolarning yechimi yo'lidagi amaliy harakatdir

Arnasoy tumani "Baxtli" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda hudud aholisining murojaatlari tinglandi.

Aksariyat muammolarga huquqiy tushuntirish berildi. Sohaga aloqador bo'lmagan murojaatlar ham yo'nalish bo'yicha nazoratga olinishi ta'minlandi.

Mutasaddi idora vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir davomida dastlab yig'ilganlarga aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligi, tadbirkorlik faoliyati uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar boʻyicha tushunchalar berildi. Shu bilan birga, mahallani havfsiz hududga aylantirish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olishda yoshlar bilan alohida ishlash tizimini yaxshilash borasida aniq takliflar berildi. Mavzuga aloqadot tarqatma materiallari tarqatildi.

Shuningdek, hudud aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.