Yangiliklar
Zarbdor tumani prokurori R. Masharipov mas’ullar bilan birgalikda tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash komissiyasi” faoliyati bilan tanishdi.
Unda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrash, buzilgan oilalarni tiklash va oila qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, mavjud muammolar muhokama etildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mas’ullarga notinch oilalar ro‘yxatini qayta shakllantirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, muammolarini hal etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Zarbdor tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori va PQ-133-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Markazga tashrif buyurgan fuqarolarga elektr energiyadan oqilona foydalanish, tejamkor uskunalarni o'rnatish, energiya tejamkor uskunalar o'rnatgan shaxslarga qo'llaniladigan soliq imtiyozlari haqida batafsil tushunchalar berilib, targ'ibot flayerlari tarqatilmoqda.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan Zafarobod tuman "Yorqin" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida jami 40 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi, 19 ta murojaat sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali ijobiy hal etildi, 10 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilgan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Ish jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish va sog'lom ish muhitini ta'minlashda stressni boshqarish juda muhimdir. Shu maqsadda bu galgi ma'naviy tadbir “Mehnat jarayonlarida stressga chidamlilik” mavzusiga bag'ishlandi va tajribali mutaxassislar tomonidan trening tashkil etildi.
Treningda ishtirokchilar:
• stressning sabab va oqibatlari;
• ish muhitida ruhiy barqarorlikni saqlash usullari;
• samarali kommunikasiya va jamoaviy ishlash ko'nikmalari;
• ishchi-xodimlar salomatligi uchun psixologik gigiena qoidalari haqida bilimlarga ega bo'ldilar.
Tadbirga taklif etilgan psixologlar amaliy mashg'ulotlar va interaktiv usullar orqali qatnashchilarga o'z hissiyotlarini to'g'ri boshqarish, ishdagi muammolarga barqaror yondashish zarurligini tushuntirib o'tishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari o'rganildi va murojaatlari eshitildi.
Adliya bo‘limi tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qilingan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Qabul davomida ishtirokchilarga aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar sodda, xalqchil tilda tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli va 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalla aholisi firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishni oldini olish maqsadida, bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
2025-yil 19-avgust kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?
Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/640) orqali qabul qilinadi.
Ishonchnoma Adliya vazirligining “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatga olinadi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda (https://lex.uz/docs/-4680944) belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
- 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;
- 1 oydan ortiq va 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;
- 6 oydan ortiq va 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 613-son qarori (https://lex.uz/docs/-6672128).
Barchamizga ma’lum bo‘lgan “Hugo Boss” brendiga 1924-yilda Germaniyada asos solingan bo‘lib, 2024-yilda kompaniya savdolari 4.3 mlrd. yevroni tashkil etgan. Agar mazkur kompaniya asoschilari ham oson daromad ko‘rish maqsadida boshqalarning “brendini o‘g‘irlash” yo‘lini tanlaganlarida hozirgi kunda dunyoni zabt etgan xalqaro brendlardan biri bo‘lmish “Hugo Boss” mavjud bo‘lmas edi.
Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.
Xususan, adliya organlari tomonidan “Hugo Boss A.G.” kompaniyasining (Germaniya) barchamizga tanish bo‘lgan “BOSS” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “J.M.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “J.M.” YTT tomonidan “BOSS” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgidan do‘kon peshlavhasida go‘yoki bu do‘konda “BOSS” brendidagi tovarlar sotilayotganligini ifodalash uchun foydalanilayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “J.M.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan holda “BOSS” tovar belgisining do‘kon peshlavhasidan olib tashlanilishi ta’minlandi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Jizzax shahar adliya bo’limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda “Madad” NNT mas’ul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar dasturi” asosida 18.08.2025-yilda shahrimizdagi “Toshloq” MFY hududida joylashgan 6-sonli umumta'lim maktabi xodimlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son qarorlarining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi, mehnat qonunchiligi va qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha ham huquqiy tushuntirishlar berilib, jamiyatda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qat’iy va rejali choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagog hamda mas'ullarining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko'rildi, tashkilotda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning mehnat munosabatlariga oid hujjatlari, ya’ni jamoa shartnomasi, mehnat shartnomalari, buyruqlari va boshqa lokal hujjatlari monitoring qilinib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Zafarobod, Do’stlik, Arnasoy, Sharof Rashidov tumanlarida bo'lib, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyatini o'rgandi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.
Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
Shuningdek, jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.