Yangiliklar
“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Zarbdor tumani dehqon bozori. Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari, intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta.
Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.
G'allaorol tumani ,,Sarbazor'' MFYda ''O'zbekiston-2030'' strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida mahalla beshligi bilan uchrashuv o'kazildi.
Shu bilan bir qatorda, mahallalarda uyma-uy yurgan xolda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, xotin qizlar va yoshlar o'rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish borasida targ'ibot-tushintirish ishlarini tashkil etish bo'yicha «Huquqiy axborot» kuni loyihasi doirasida xotin qizlar bilan suhbatlar ham olib borildi.
Jizzax viloyat Yuridik texnikumida “Adliya ayoli” respublika tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Unda 9 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan 3 ta shart asosida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.
Ishtirokchilar dastlab huquqiy savodxonligi, qonunchilikni qay darajada bilishlarini test sinovi shartida imtihondan oʻtkazishdi. 30 ta test savoliga javob berishdilar. Keyingi shartda ular qonunchilikka oid dolzarb takliflarini himoya qilishdi. Oxirgi shartda xotin-qizlarimiz sport musobaqalari orqali kuch sinashdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, viloyat yuridik texnikumi ukituvchisi Mahliyo Abdunazarova 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
2-oʻrin Do'stlik tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimi Muxlisa Normuratovaga, 3-oʻrin esa G'allaorol tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimi Nilufar Soatovaga nasib etdi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish borasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Jumladan, tuman adliya boʻlimi boshligʻi B.Ikromov tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda “Manas” MFY hududida profilaktik hisobdan turgan fuqarolar bilan uchrashib, suhbat oʻtkazdi. Tadbir davomida, har qanday gʻayriqonuniy harakatlar uchun jazo muqarrarligi, sodir etilgan harakatlarning oqibatlari boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha tarqatma materiallar berildi.
Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Akmal Ergashev viloyatda 2023-yilning III-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Matbuot anjumanida adliya organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar ochiqlandi. Davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlar alohida tahlil qilindi.
Yakunda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Qulmatov Mashhur O‘razaliyevich - O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Zarbdor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Mashhur O‘razaliyevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Joriy yilning 9-oktabr kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi idoralarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o'rtasida "Adliya ayoli" tanlovining viloyat bosqichi o'tkaziladi.
Tanlovda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimida (markaziy apparat, tuman (shahar) adliya bo'limlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik texnikum, notarial arxiv) faoliyat yurituvchi barcha xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi xodimlar joriy yilning 7-oktabr kuniga qadar Jizzax viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot bo'limiga murojaat qilishlari lozim.
Tanlov shartlari haqida 72-221-50-50 (3508) yoki 91-565-44-58 telefon raqamlari orqali bog'lanib, ma'lumot olishlari mumkin.
Tanlov g'olibi respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan IIV huzuridagi JIED Uchinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari hamda 29-sonli manzil koloniyasi xodimlari ishtirokida “O’zbekiston — 2030” strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
1️⃣ Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish yo'nalishi bo'yicha 44 ta maqsad,
2️⃣ Barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash yo'nalishi bo'yicha 17 ta maqsad,
3️⃣ Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish yo'nalishi bo'yicha 12 ta maqsad,
4️⃣ Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo'nalishi bo'yicha 16 ta maqsad,
5️⃣ "Xavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo'nalishi bo'yicha 11 ta maqsad belgilanganligi to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.
Adliya organlari tomonidan tumanning “Dehqon bozori” hududida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi
Do‘stlik tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tumanning “Chinobod” MFY hududidagi markaziy “Dehvon bozori” hududida aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor davlat xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga 30 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan,
- elektron imzo kalitlarini olish
- pensiya yoshiga yetgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni davlat sanatoriyalariga dam olish uchun navbatga qo‘yish
- ichimlik suvi hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish
- tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bir vaqtda aholiga va tadbirkorlarga intellektual mulk yo'nalishda ham targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, qonunchiliklagi so‘ngi yangiliklar bilan tanishtirildi.
Gʻallaorol tuman adliya boʻlimiga fuqaro Sh.Ximmatova tomonidan murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatning qisqacha mazmuni shundan iborat:
“Tumandagi 3-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 1.0 stavkada tarbiyachi vazifasida ishlar edim. 10.05.2023-yildagi arizam asosida DMTT rahbari G.Musayevaning 29.05.2023-yildagi “Lavozim stavkasini oʻzgartirish togʻrisida”gi 199-3-45-DMM/2023-sonli buyrugʻiga asosan menga 2023-yil 1-may sanasidan boshlab 1.0 stavka tarbiyachi lavozimiga 0.5 stavka tarbiyachi lavozimi qoʻshib berilgan bo'lsada may-avgust oylari ish haqi hisoblash tabellari 1.0 stavka boʻyicha toʻldirilgan, natijada mazkur oylarda menga 1.0 stavkaga ish haqi hisob-kitob qilingan, biroq 0.5 stavkaga ish haqi toʻlanmadi”.
Mazkur murojaat oʻrganib chiqilib, haqiqatan ham marojaat asosli deb topildi. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga adliya boʻlimi tomonidan taqdinoma taʼsir chorasi kiritilishi natijasida xodimning huquqlari tiklanishiga erishildi.