Yangiliklar
Zomin tumani “Bog‘ishamol” MFY da viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini ma’sullari mahalla hududida keksa yoshdagi ruhiy xasta bo‘lgan fuqaro G.Q uzoq yillardan buyon yashab kelayotganligi, uni qariyalar uyiga joylashtirish bo‘yicha mahalla faollari tomonidan qilingan barcha harakatlar besamar ketganligini, shu sababli o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj mazkur ruhiy xasta fuqaroni “Muruvvat” uyiga joylashtirilishida amaliy yordam so‘raldi.
Ushbu murojaat Zomin tuman adliya bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng tuman adliya bo‘limi boshlig‘i V.Omonov, 3-sektor rahbari – tuman IIBB boshlig‘i podpolkovnik F.To‘ychiyev, tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i N.Sobirov va “Bog‘ishamol” MFY ma’sullari ishtirokida fuqaro G.Qning yashash sharoiti va ahvoli o‘rganib chiqildi.
Shundan so‘ng, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar to‘planib, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-sonli Yolg‘iz keksalar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylariga rasmiylashtirish qoidalarida belgilangan tartibda tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasiga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlarni Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga topshirilishi ta’minlandi.
Va nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 7-oktyabrdagi 68-um-son buyrug‘i bilan o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj bo‘lgan fuqaro Sh.Rashidov tumanidagi “Muruvvat” uyiga joylashtirilishi belgilandi.
“Kompensatsiya undirildi”
Zarbdor tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi O'.Umurzakov 1986-yildan to 2019-yilgacha mehnat ta’tiliga chiqmagani va shuning uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tiliga pullik kompensatsiya undirishni so‘rab Zarbdor tuman adliya bo'limiga qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida haqiqatan ham, 19 yil uchun jami 80 mln 928 ming 800 so‘m xodimga to‘lab berilmaganligi aniqlanib, taqdimnoma va fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Sud qaroriga asosan, O‘.Umurzakovga 80 mln 928 ming 800 so‘m kompensatsiya undirilishi belgilandi.
Jizzax viloyatidagi korxona, tashkilot va boshqarmalar xodimlarini sog'lom turmush tarziga keng jalb qilish va ularni jismoniy faolligini oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida «Hokim kubogi» uchun ommaviy sport festivali o'tkazilmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida
KAMONDAN otish sport turi bo'yicha baxslar olib borildi. Unda adliya boshqarmasi bosh malahatchisi Sherzod Qaynarov faxrli 2-o'rinni egalladi.
Musobaqalar sportning yana 6 turi bo'yicha o'tkaziladi.
Yakkalik va jamoaviy sport turlarida ADLIYA jamoasiga omad tilaymiz!
Jizzax viloyat yuridik texnikumi o'qituvchisi Hojiakbar Muhammadiev bilimi va tajribasi, yangiliklarga intilishi, ta'limga qo'shgan samarali xizmati uchun "Ta'lim fidoyisi" esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Adliya tizimi jamoasi Hojiakbar Aslitdinovichni bu ulkan yutug'i bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlarida zafarlar tilaydi!
G'allaorol tumani adliya bo'imiga tumanda faoliyat yurituvchi “YAR GLAVNIY STROY” MCHJ rahbari A.Rabbimovning 2022-yil dekabr oyida qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
Fuqaro murojaatida G'allaorol tumani hokimligining buyurtmasiga asosan MCHJ tomonidan G'allaorol shahar, “Alamli” MFY binosi ta'mirlab berilganligi va bajarilgan ishlar uchun to'lanishi lozim bo'lgan 70 558 951 so'm mablag' hokimlik tomonidan MCHJga to'lanmasdan kelinganligi aytib o'tilgan edi. Tuman adliya bo'limi tomonidan ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan G'allaorol tuman iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritildi, da'vo talabi qanoatlantirilib, MCHJ foydasiga hokimlikdan 70 558 951 so'm mablag' undirilishi ta'minlandi.
Jizzax shaxrida faoliyat yurituvchi “XUMOYUN AKBARSHOX KAPITAL” MCHJ rahbari Q.Sodiqovaning 2022 yil dekabr oyida tuman adliya bo'limiga qilgan murojaati o'rganib chiqilganida, G'allaorol tumani hokimligining buyurtmasiga asosan MCHJ tomonidan hokimlik binosi isitish tarmog'i joriy ta'mirlab berilganligi va bajarilgan ishlar uchun hokimlik tomonidan MCHJga to'lanishi lozim bo'lgan 145 942 507 so'm mablag' to'lanmasdan kelinganligi aniqlanib, ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan G'allaorol tuman iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritildi va sud qaroriga asosan da'vo ariza talabi qanoatlantirilib, hokimlikdan MCHJga 145 942 507 so'm mablag' undirilishi ta'minlandi.
Sayyor qabullar avvalo xalq muammolariga yechimdir. Shu sabbabli, joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda. Shu jumladan, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha reja-grafikka asosan Zarbdor tuman "Ravot" MFYda tuman adliya bo'limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi. Shuningdek tadbir davomida yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan fuqarolarga ma'lumot berib o'tildi.
"Darakchi" va "Jizzax ovozi" gazetalarining 2023-yilgi ilk sonida adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i E.Urdushev, Jizzax shahar adliya bo'limi FHDY bo'limi mudirasi G.Ibragimovaning qonunchilikdagi yangiliklarga oid maqolasi chop etildi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ezgu ishlar. Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablardagi kadr bo‘yicha inspektorlar tomonidan razryad bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hozirgi kungacha to‘lab berilmaganligi sababli ushbu pul mablag‘larini to‘lab berishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab yozgan birgalikdagi murojaatlari mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019 yildagi 743-son qarorining 4-ilovasiga asosan, oliy ma’lumotli mutaxassislar, mutaxassislar va inspektorlarga 6 razryad yagona tarif setkasi bo‘yicha razryad belgilangan bo‘lsada, Zarbdor tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 30 nafar umumta’lim maktablari kadrlar bo‘yicha inspektorlarga 3 razryad bo‘yicha hisoblanib 2020-2021 yillar davomida 463 429,0 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi o‘rniga 367 595,1 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi natijasida 95 833,9 ming so‘m kam hisoblanib to‘langan. Masalan, Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kadrlar bo‘yicha inspektori (menejeri) lavozimida ishlagan Abduvoxidova Nilufar foydasiga 4649,4 ming so‘m ish haqi tshlab berildi. Mazkur holat yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib
29 nafar xodimlarga 95 833,9 ming so‘m ish haqi to‘lab berildi. Shuningdek, Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan Zarbdor tumani SJO va JSBda ishlovchi 20 nafar xodimlarning ushbu tashkilotdagi 2016-2018 yillardagi va undan oldingi mehnat faoliyati uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi murojaatlari o‘rganib chiqildi. O’rganish natijasiga ko‘ra mutaxassislarning xulosalari olinib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga ushbu xodimlarning manfaatida 20 ta arizalar kiritildi. Sud qarorlariga asosan, har bir xodim uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiyalar undirilishi belgilandi va to‘lab berildi. Masalan, Nishanov O’skan Jumanovichga 2018-2019-yillar uchun 8.580.100 so‘m kompensatsiya undirildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Adliya boshqarmasi xodimi I.Ablakulova, Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev taklif etildi. Mazkur suhbatda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.