Yangiliklar
Barchamizga ma’lum bo‘lgan “Hugo Boss” brendiga 1924-yilda Germaniyada asos solingan bo‘lib, 2024-yilda kompaniya savdolari 4.3 mlrd. yevroni tashkil etgan. Agar mazkur kompaniya asoschilari ham oson daromad ko‘rish maqsadida boshqalarning “brendini o‘g‘irlash” yo‘lini tanlaganlarida hozirgi kunda dunyoni zabt etgan xalqaro brendlardan biri bo‘lmish “Hugo Boss” mavjud bo‘lmas edi.
Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.
Xususan, adliya organlari tomonidan “Hugo Boss A.G.” kompaniyasining (Germaniya) barchamizga tanish bo‘lgan “BOSS” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “J.M.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “J.M.” YTT tomonidan “BOSS” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgidan do‘kon peshlavhasida go‘yoki bu do‘konda “BOSS” brendidagi tovarlar sotilayotganligini ifodalash uchun foydalanilayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “J.M.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan holda “BOSS” tovar belgisining do‘kon peshlavhasidan olib tashlanilishi ta’minlandi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Jizzax shahar adliya bo’limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda “Madad” NNT mas’ul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar dasturi” asosida 18.08.2025-yilda shahrimizdagi “Toshloq” MFY hududida joylashgan 6-sonli umumta'lim maktabi xodimlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son qarorlarining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi, mehnat qonunchiligi va qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha ham huquqiy tushuntirishlar berilib, jamiyatda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qat’iy va rejali choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagog hamda mas'ullarining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko'rildi, tashkilotda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning mehnat munosabatlariga oid hujjatlari, ya’ni jamoa shartnomasi, mehnat shartnomalari, buyruqlari va boshqa lokal hujjatlari monitoring qilinib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Zafarobod, Do’stlik, Arnasoy, Sharof Rashidov tumanlarida bo'lib, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyatini o'rgandi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.
Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
Shuningdek, jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Adliya ayoli” tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ishtirok etib, belgilangan ikki shart asosida o‘zaro bellashdilar.
Tanlovning birinchi sharti — test sinovi bo‘lib, ishtirokchilarning huquqiy savodxonligi va amaldagi qonunchilikni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Ular 30 daqiqa ichida 30 ta test savoliga javob berishlari talab etildi.
Ikkinchi shartda esa ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb takliflarini taqdim etib, ularni asoslab himoya qildilar.
Tanlov yakunida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan boshqarmaning huquqiy targ'ibot bo'yicha bosh maslahatchisi Iroda Ablakulova 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Shuningdek, ishtirokchilarga turli nominatsiyalar bo‘yicha boshqarma tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda milliy brendlarning nufuzini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar va qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.
Xususan, Vazirlik tomonidan “Fatih Kral Mob” MChJning barchamizga tanish bo‘lgan “ХАНСКИЙ” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “R. B.” XK tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “R. B.” XK tomonidan “ХАНСКИЙ” tovar belgisiga o‘xshash “ХАҚОНИЙ” ko‘rinishida foydalanilgan holda pishloq (сыр) mahsulotlari ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha Vazirlik tomonidan “R. B.” xususiy korxonasiga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida (41 mln. so‘m) jarima tayinlandi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Adliya organlarining bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatini samaradorligi oshirish maqsadida joriy yilning 3-martidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berilgan.
Ushbu loyiha doirasida Arnasoy tuman FHDY boʻlimi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2014 yildan buyon sha'riy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqarolarga bugun 13.08.2025 yilda nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma tantanali topshirildi.
Zomin tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida besh nafar farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh guvohnomasini yo'qotgan D.Gaybullaevga takroriy guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi.
Yangiobod tuman FHDY bo'limi tomonidan fuqaro O.Xoliqovaning oila tarkibi to'liq shakllantirilib, vafot etgan turmush o'rtog'iga JSHSHIR shakllantirib berildi.
G'allaorol tuman FHDY bulimi tomonidan aksiya doirasida fuqaro S.Dustkulovaning oila tarkibi to'liq shakllantirib berildi
Barcha tuman FHDY bo'limlari tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan fuqarolarga hamda uyma-uy yurgan holda mazkur sohada onlayn xizmatlardan foydalanish mumkinligi, bunda turli ovoragarchiliksiz, uydan turib ham ma'lum bir xizmat turlari bo'yicha yechim olish mumkinligi bo'yicha aniq tushunchalar berilmoqda
Joriy yilning 30-iyul kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining VII-13-176-3-0-K/25-sonli qaroriga ko'ra viloyat bo'yicha jami 44 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etildi.
Jumladan Jizzax shahar va G'allaorol tumanida 1 nafardan, Arnasoy tumanida 2 nafar, Baxmal tumanida 11 nafar, Zarbdor tumanida 7 nafar, Sh.Rashidov tumanida 13 nafar, Zomin tumanida 2 nafar va Forish tumanida 7 nafar fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshoatlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etildi. bo‘yicha xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.
Forish tuman adliya bo‘limiga tuman hududida joylashgan 66 ta umumta’lim maktablari CHQBT (Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari) lavozimida ishlab kelayotgan o‘qituvchilar bilan shtat qisqarganligi tufayli 2025-may oyining oxirida va iyun oyining 5-sanasiga qadar mehnat shatnomalari bekor qilinganligi, biroq hozirgi kunga qadar ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatlari ish yurituvga qabul qilinib o‘rganib chiqildi.
Mazkur holat yuzasidan Forish tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qonunbuzilish holati yuzasidan, 2025-yil 21-iyul 4024/1-508/10-sonli taqdimnoma kiritilib, natijasi yuzasidan 2025-yil 4 avgust kuni tumandagi 58 nafar CHQBT rahbarlariga (o‘qituvchilariga) 188 365 036 so‘m miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqa pullari to‘lab berildi.
Forish tumani adliya bo‘limi YXKM hamda DXM tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan "Chora-tadbirlar dasturi" asosida 08.08.2025-yilda tumandagi “UCHMA” MFYda mahalla aholisi uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida tushunchalar berildi.