Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

18
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi rahbariyatining joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali.

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun joylarda sayyor qabul o’tkazish jadvali tasdiqlangan bo’lib, shunga asosan boshqarma rahbariyati tomonidan joylarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan.




15
Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish pirovard maqsadimiz

Zomin tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Alimqulov tomonidan xalq deputatlarining Zomin tuman Kengashi 17-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa qilgan murojaatining mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi. Unda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda yoʻnalishidan kelib chiqib har bir davlat organlari va tashkilotlari oʻz oldilariga aniq reja va dastur tuzib olishlari kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, tuman xududidagi davlat organlari va tashkilotlari birinchi rahbarlarining normativ-xuquqiy xujjatlarning ijrosini tashkil etishdagi vazifa va majburiyatlari xamda axoli oʻrtasida olib borilishi lozim boʻlgan targʻibot tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

14
VATAN HIMOYASI - MARDLIK NAMUNASI

14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Davlat hizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari erta tongdan farzandini mardlik va jasoratga undagan Ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish uchun toʻplanishdi. Bu anʼana yoshlar qalbida Ona Vatanga boʻlgan muhabbat, yurtga sadoqat kabi tuygʻularni shakllantirishga hizmat qiladi. Bayram tadbirlari barcha hududlarda turli targʻibot tadbirlari, uchrashuvlar shaklida davom etmoqda.


13
Endilikda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yanada takomillashtiriladi.

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi hamda OʻzNNTMA Jizzax viloyati hududiy boʻlimi hamkorligida Prezident Murojaatnomasi: fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki, ularning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazorati institutining roli va ahamiyati" mavzusida seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyat hududiy boʻlimi, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Unda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorlikda faoliyat olib borishi, murojaatnomada keltirilgan vazifalarni birgalikda amalga oshirish mexanizmlarini yaratish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar oʻrtaga tashlandi.

12
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan reja-grafik ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.


Ushbu murojaatnomadan kelib chiqib, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat, aholini ijtimoiy himoyalash, iqtisodiyot va kommunal soha, investitsiyalarni jalb qilish va davlat boshqaruvi hamda sud tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarni jalb qilgan holda murojaatnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazdirish maqsadida adliya boʻlimi va Mirzachoʻl tuman hokimligi tomonidan reja-grafik ishlab chiqildi.

2021-yilning 8-yanvar kuni ushbu rejada koʻrsatilgan vazifalar ijrosi tuman tibbiyot birlashmasi va oilaviy poliklinikada amalga oshirilishi taʼminlandi.

Tadbirda qonunchilikdagi yangiliklarni mazmunini oʻzida aks ettirgan bukletlar tarqatilib, uchrashuv Oʻzbekiston 24 telekanalida efirga uzatish uchun tasvirga olindi.

Ulmas ABDIYEV

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi

11
Ortiqcha solingan soliq, fuqaroga qaytarildi.

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro N.Abdullayevaning ish joyida asossiz ravishda daromad soligʻi hisoblanayotganligidan norozi boʻlib, ushbu daromad soligʻini qayta hisoblash va ortiqcha solingan soliqni qaytarishda amaliy yordam berishni soʻrab, 2020-yilning 27-dekabr kuni tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan shikoyat arizasi tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, Mirzachoʻl tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan Soliq kodeksining 378-moddasi talablari buzilganligi aniqlandi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliqning 378-moddasida soliq solinmaydigan daromadlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu moddaning 3-bandiga koʻra ish beruvchi oʻz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar soliq solishdan ozod qilinishi belgilangan. Ammo Mirzachoʻl tuman TB ga qarashli 13-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi N Abdullayevaning davolangan davri uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summadan qonun hujjatlariga zid ravishda daromad soligʻi ushlab qolinganligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kelgusida bunday qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda aniqlangan qonunbuzilishi holati (xodimga toʻlangan mablagʻdan ushlab qolingan daromad soliqni qaytarish)ni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.


2021-yilning 8-yanvar kuni ushbu taqdimnoma ijrosi taʼminlanib, fuqarodan notoʻgʻri ushlab qolingan daromad soligʻi maktab oʻqituvchisiga toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

Ulmas ABDIYEV

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi


08
Prezidentning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasi muhokamada

Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida koʻpgina sohalarga alohida topshiriqlar va vazifalar yuklatildi. Shundan kelib chiqib Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan barcha soha vakillari ishtirokida yoʻnalishlar boʻyicha dasturlar tayyorlanmoqda. Murojaatnomada taʼlim sohasiga ham aloxida eʼtibor qaratilganligi bois koʻrsatuvning dastlabki soni mazkur mavzuga bagʻishlandi. Koʻrsatuv Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali 10-yanvar kuni soat 17:30 da efirga uzatiladi.

07
Prezidentning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasi muhokamada

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida adliya organlariga alohida vazifalar yuklatildi. Bu esa soha vakillariga katta masʼuliyat yuklashi aniq. Mazkur vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov oʻz mulohazalarini bildirib oʻtdi.

06
Uyma-uy yurgan holda qabul qilingan murojaatlar ijobiy hal qilinmoqda

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi eng chekka hududdlarda joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida sayyor qabullar tashkil qilish hamda uyma-uy yurib karantin davrida fuqarolarning qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganish va joyida bartaraf qilish kabi tadbirlar davom etmoqda.

Jumladan, joriy yilning 25-dekabr kuni boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan Yangiobod tumanidagi Xoʻjamushkent QFYda sayyor qabul tashkil qilinib, qabul davomida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, shu bilan birga muammolarni hal qilib berish choralari koʻrildi.

Qabul davomida 13 nafar fuqarolar tegishli tartibda oʻz muammolari bilan murojaat qilishdi. Murojaatlari tegishli tartibda ish yurituviga qabul qilindi.

Erganakli koʻchasi, 20-uy yashovchi fuqaro N.Mirzayeva murojaat qilib, koʻmir mahsuloti hamda suyultirilgan gaz baloni bilan taʼminlashda amaliy yordam berishni soʻradi. Boshqarma tomonidan mazkur murojaat nazoratga olinib, 2020-yil 30-dekabr kuni koʻmir mahsuloti hamda suyultirilgan gaz baloni berilishi taʼminlandi. 



Bu kabi ishlar boshqarma tomonidan davom ettirilmoqda.

05
Obodonlashtirish ishlari bajarilgan ammo hokimlik ish haqini toʻlamagan

“Abror Elyor qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari E.Xudyorovning bajarilgan obodonlashtirish ishlari uchun xizmat haqi tuman hokimligi tomonidan toʻlab berilmayotganligi haqidagi shikoyati Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻrganildi.

Taqdim etilgan hujjatlarga koʻra, haqiqatan ham “Abror Elyor qurilish” MCHJ hamda Zafarobod tuman hokimligi oʻrtasida 2019-yil 25-iyuldagi pudrat shartnomasi qiymati 1.418.744.535 million soʻmlik ishlarni bajarish haqidagi shartnoma tuzilgan.

“Abror Elyor qurilish” MCHJ tomonidan bajarilgan ishlari hajmi 734.198.2 ming soʻmni tashkil qilganligi haqidagi schyot faktura tuman hokimligi va jamiyat oʻrtasida muhr bosib imzolanib, tasdiqlangan. Ammo bajarilgan ishlar uchun xizmat haqi toʻliq toʻlab berilmagan.

MCHJ tomonidan bajarilgan ishlarining toʻlanmay qolgan 344.389.2 ming soʻm qismini toʻlab berishni soʻrab yozma ravishda   talabnomalar yuborilganligiga qaramasdan, qarzdorlik shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda toʻlanmagan. 

Zafarobod tuman xokimligi shartnomaning 2.2-bandida ishlarning natijalarini qabul qilib olgan kundan boshlab 30 kun ichida shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan baho boʻyicha haq toʻlab berish majburiyatini olgan boʻlsa-da, ushbu talabni bajarmagan.

Amaldagi qonun hujjatlariga koʻra, tuman hokimligi “Abror Elyor qurilish” MCHJga bajarilgan ishlar yuzasidan kelib chiqqan asosiy 344.389.200 soʻm qarzdorlik va hisoblangan 167.968.746 soʻm penyani toʻlashi lozim.

Mazkur murojaat yuzasidan Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudiga uch yuz oʻttiz besh million toʻqqiz yuz oʻttiz yetti ming toʻrt yuz toʻqson ikki soʻm asosiy qarz hamda   qonun talabiga muvofiq toʻlab berilmagan summaning 50 foizi miqdoridagi bir oltmish yetti million toʻqqiz yuz oltmish sakkiz ming yetti yuz qirq olti soʻm penyani “Abror Elyor qurilish” MCHJ manfaatida undirib berish haqida ariza bilan murojaat qilingach, masʼuliyati cheklangan jamiyat foydasiga 335.937.492 soʻm asosiy qarz hamda 32.000.000 soʻm penya undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.

 

                                                         Jahongir ISHONQULOV,

Zafarobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi