Yangiliklar
Arnasoy tuman "Oltin vodiy" MFYda adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari E.Muhammadiyev tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 70 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishdi.
Murojaatlar mazmunidan kelib chiqib joyida tegishli tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilib, 15 ta murojaat oʼrganish talab etilishi sababli ish yurituviga olindi.
Shu bilan birga tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan hududdagi yirik tikuv sexida sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlandi.
Paxtakor tuman “Doʻstlik” MFYda yashovchi fuqaro K.Oʻrinova 2014-yil 1-avgustda vafot etgan farzandi R.Zeripovning oʻlim guvohnomasini olish uchun 8 yildan buyon ovora boʻlib yurganligi, oʻlim xaqidagi tibbiy malumotnomasini yoʻqolganligini bayon etib, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani tibbiyot muassasasidan oʻlim xaqida tibbiy malumotnomani olib berishda amaliy yordam soʻrab murojat qilgan.
Fuqaro K.Oʻrinova murojati asosida tuman adliya boʻlimi tomonidan Qoraqolpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga murojaatchi oʻgʻlining oʻlimi xaqida tibbiy maʼlumotnoma berishni soʻrab murojat qilindi va murojaatga asosan oʻlim xaqida tibbiy maʼlumotnoma olib berilishi taʼminlandi.
Mazkur hujjat asosida Paxtakor tumani FXDY boʻlimi tomonidan oʻlim xaqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berilib, fuqaroning 8 yildan buyon hal etilmagan muommosi oʻz yechimini topdi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari S.Rahimov tomonidan viloyatning eng olis hududi bo'lgan Yangiobod tumani "Balandchaqir" MFY aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishdi.
Murojaatlar mazmunidan kelib chiqib joyida tegishli tushuntirishlar berilib, 2 ta murojaat oʼrganish talab etilishi sababli ish yurituviga olindi.
Inson oʻz kasbini sevsa unda qadr topadi, rohatlanib ishlaydi. Koʻp yillar bir sohada mehnat qilish, jamoasi, el-yurt eʼtiboriga, hurmatiga sazovor boʻlish ham eng katta baxt aslida. Zomin tuman adliya boʻlimi FXDY boʻlimi 1-toifali inspektori Xorinova Sayyora Axmedovna ham mana shunday oʻz kasbidan hurmat topgan ayol.
Bugun mana shunday tajribali xodimni pensiyaga kuzatish tadbiri bulib o'tdi. Xodimaning FXDY sohasidagi uzoq yillik mehnat faoliyati rahbariyat va bo'lim xodimlari tomonidan ijobiy eʼtirof etildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" tongi dasturida yangi loyiha.
Nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyati, mazkur sohadagi yangiliklar haqida ma'lumotlar.
Shahnoza Sodiqova-Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida 2023-yilning yanvar oyi uchun Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi boshlig'i Karimov Jahongir Malik o'g'li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Ma'lumot uchun, Karimov Jahongir Malik o'g'li–1992-yilda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2017-yil Toshkent davlat yuridik universitetining Yurisprudensiya yo'nalishini tamomlagan.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Karimov Jahongir Malik o'g'lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari