Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

28
Sud ekspertlik faoliyati bilan tanshmisiz?

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining  tegishli buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  Nizom tasdiqlangan Unga muvofiq, davlat sud ekspertiza muassasasi - sud ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan muassasa, shuningdek, tegishli davlat organlari, vazirliklar va idoralar tizimidagi ixtisoslashtirilgan sud ekspertizasi bo‘linmalaridir.
Sud ekspertizasi tadqiqoti – fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish holatlarini aniqlashga va sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlarni o‘tkazish va xulosa berishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida amalga oshiriladigan hamda natijasi bo‘yicha mutaxassis fikri taqdim etilishiga qaratilgan faoliyat.
Sud eksperti – xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida jalb qilingan jismoniy shaxs.
Mutaxassis fikri – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida amalga oshiriladigan tadqiqotlar natijasi yuzasidan mutaxassis (sud eksperti)ning belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan fikri.
Sud eksperti (sud ekspertlari)ning xulosasi (xulosa) – sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va tadqiqotlar olib borilishini va ularning natijasini aks ettiradigan yozma yoki electron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shakldagi hujjat.
Sud eksperti tadqiqotlarni o‘tkazishga Markaz rahbarining topshiriqnomasi bilan birga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), so‘rov yoxud murojaat hamda tushgan barcha ish  materiallari olingan vaqtdan boshlab kirishadi.
Sud ekspertining quyidagi huquqlari mavjud:
- sud ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur yoki ko‘chirma nusxalar olish;
- sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tadqiqot obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;
- ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish;
- agar ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holdatarjimon xizmatidan foydalanish;
- uning xulosasi yoki ko‘rsatuvi protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar kiritish;
agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Markaz rahbari, laboratoriya (bo‘lim) va hududiy bo‘lim mudirlari tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotning hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga qarab, kam obyektli va murakkab bo‘lmagan tadqiqotlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha 10 kun doirasida, ko‘p obyektli yoki murakkab tadqiqotlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha 20 kun doirasida, ko‘p obyektlar va murakkab tadqiqotlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha 30 kun doirasida muddatlar belgilanishi mumkin.
Sud eksperti o‘ziga taqdim etilgan tadqiqot obyektlari va ish materiallarini tadqiq etishni tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va to‘liq amalga oshiradi.
Sud eksperti xulosasi 3 qismdan iborat bo‘ladi: kirish, tadqiqot va xulosalar (yakunlovchi qism).

28
"Adliya boshqarmasi boshlig'i kubogi"ning saralash baxslari boshlandi

Jizzax viloyat adliya tizimiga biriktirilgan yoshlar o'rtasida sportning futbol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka turlari bo'icha saralash baxslariga start berildi.

Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan o'tkazilgan musobaqada 100 dan ortiq yoshlar bellashdilar.

G'oliblarga medal va esdalik sovg'alari taqdim etildi. Ular endilikda bosh sovrin uchun ham kuch sinashadi.

27
Sharof Rashidov tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish boradidagi amalliyatni yo'lga qo'yishdan iboratdir.

Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirisglar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.

26
Hormanglar_hamkasblar

Bugun Jizzax viloyat adliya tizimining barcha jamoalari hashar ishlarida faol bo'lishdi.

O'z xizmat joylarini toza va ozoda saqlash, bino atroflarini ko'rkam qiyofaga keltirish yo'lida barcha hamjihat harakat qilishdi.

Bunday tadbirlar jamoaviy ishlash, bir-biriga yordam berish, mehnat ortidan barakaga erishish kabi tamoyillarni o'zida aks ettirishi bilan ahamiyatlidir.

23
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi!

Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 1-avgustidan 30-avgustiga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Jizzax shahar adliya bo'limi hamda Jizzax shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan xotin-qizlar uchun shahardagi mavjud bo'sh ish o'rinlari (https://ish.mehnat.uz/) yarmarkasi tashkil etildi.

21
ADABIYOT YASHASA, MILLAT YASHAYDI!

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Zukko kitobxon" respublika bosqichida zukko, tashabbuskor, ijodkor, vatanparvar yoshlar kashf etildi. Tanlovda quyidagi yoshlar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

1- orin - Sirdaryo viloyati - Zikrillayeva Shoira
2-o'rin - Jizzax viloyati - Adanov Davron
3-o'rin - Navoiy viloyati - Pardayeva Laylo

Ma'lumot o'rnida, "Zukko kitobxon" tanlovi 3 bosqichda tashkil etilib, minglab yoshlarni bir davraga jamladi. Ahamiyatlisi, bu bellashuv yoshlarga kitob mutolaasida katta motivatsiya bo'ldi.

20
Mirzacho'l tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish boradidagi amalliyatni yo'lga qo'yishdan iboratdir.

Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirisglar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.

Tadbirkorlik bilan shug'ullanishni maqsad qilgan va biznez rejaga ega xotin-qizlarga tikuv mashunalari tantanali ravishda topshirildi.

19
MATBUOT ANJUMANI YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAG'ISHLANDI

O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini keng jamoatchilikka targ'ib qilish, mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida huquqiy seminar tashkil erildi.

OAV xodimlari, blogerlar ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. Mamasiyayev, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M. Rahmatov, Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi  huquqni qo'llash amaliyoti katta maslahatchisi J. Narzullayevlar seminar davomida mazkur Qonun tartib-tamoillari haqida batafsil ma'lumotlar berdilar.

16
ADLIYA ARLASHGACH...

Jizzax shahar adliya bo'limiga fuqaro O.Hazratqulova unga tayinlangan pensiya miqdoridan norozi ekanligini, qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam berishni so'rab murojaat qilgan.

Holat o'rganilganda fuqaroga pensiya tayinlashda eski tahrirdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuning 37-moddasi J-bandiga muvofiq 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqtining 3 yili stajga hisoblanganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli qonuni bilan bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil qo‘shiladi deb o‘zgartirilgan.

Shunga ko‘ra, Adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroning 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti 6 yil etib o‘zgartirilib, pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi. Oqibatda fuqaroga tayinlangan pensiya miqdori oshirildi.

Murojaat ijobiy hal qilindi.

15
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak: Sayyor qabullar muammolar yechimining samarali mexanizmi

Adliya boshqarma boshlig'i A.Ergashevning "Adliya kuni" doirasida Zafarabod tumanidagi "Nurafshon" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Sektor rahbarlari, ichki ishlar bo'limi, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga, "Xotin qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida mahalladagi xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.