Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

26
Adliya aralashgach...

Yangiobod tuman adliya bo’limiga H.Mamarasulov va I.Mamurboyev murojaat qilib, 2021-yil aprel oyidan buyon Yangiobod tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul bo’lib ishlab kelayotganligini, 2022-yil dekabr oyida esa boshqa xodimning mehnatga layoqatsizlik ta’tiliga chiqishi munosabati bilan uning vazifasi bu ikki xodimga yuklanganligi va ushbu qo’shimcha ish uchun ish haqi to’lab berilmaganligini ta’kidlab, amaliy yordam so’ragan.

Adliya bo’limi tomonidan murojaat yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo’limida o’rganish o’tkazildi.

Tuman adliya bo’limi maktabgacha ta’lim bo’limiga taqdimnoma kiritdi va xodimlarga jami 920 000 so’m ish haqlari to’lab berilishi ta’minlandi.

26
O'zimiz keldik...

G'allaorol tuman adliya bo'limi DXM hodimlari tomonidan tuman markazidan 60 km uzoqlikdagi "Jiydali" va "Gulchambar" QFY fuqarolariga qishning sovuq kunlarida yanada qulay bo'lishi uchun hududlardagi mahalla binolarida sayyor tartibda xizmatlar ko'rsatildi. Xalq ishonchi va roziligiga erishish ish unumini belgilaydi.

26
#ADLIYA_ARALASHGACH...

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.Olimovning tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan noreal qarzdorlik hisoblanganligi va ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam berishni so‘rab, qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisobkitoblar tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda hisob-kitob davri – kalendar oyi ekanligi va uning doirasida gaz yetkazish hajmi belgilanishi hamda yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi bilan tabiiy gaz iste’molchisi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Biroq, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro K.Olimovning shaxsiy hisob raqamiga “Billingaz” dasturi orqali 12.794 m3 yani, 4 mln 861ming 932 so‘m asossiz qarzdorlik kiritganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, O’rganish davomida, fuqaro K.Olimov tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda 432 ming 880 so‘m qarzdorlik mavjud ekanligi aniqlandi.

Tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan tuman “Sharof Rashidovtumangaz” tomonidan fuqaroga nibatan ortiqcha hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.

26
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

Zarbdor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish  markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitovning “Bahmal hayoti” gazetasida "Nogironlik nafaqasidagi o'zgarishlar", “XXI asr “ gazetasida esa  “Job offer yohud ishga marhamat !” nomli maqolalari chop  etildi.

25
#mamuriy _islohot

Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 12-sonli umumta’lim maktab binosida Yangiobod SHFY hududida yashovchi fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  
447-sonli Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.

Shuningdek, seminarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hamda O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisining yangi tahriri yuzasidan ham fuqarolarga ma'ruzalar qilindi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.

25
#mamuriy _islohot

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Eshbekov va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman hokimligi binosida davra suhbati o‘tkazildi.

Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohatlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 447-sonli Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.

Tadbirda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, hamda “O‘z huquqlaringizni bilasizmi”, “Siz qonun himoyasidasiz” mavzularida ham ma’ruzalar qilindi.

Suhbat yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.

25
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Darakchi" gazetasining 19-yanvar sonida adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi I.Ablakulovaning "Tuhmat qilganlarga jazo bormi?" nomli maqolasi chop  etildi.

25
#ADLIYA_ARALASHGACH...

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.Olimovning tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan noreal qarzdorlik hisoblanganligi va ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam berishni so‘rab, qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisobkitoblar tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda hisob-kitob davri – kalendar oyi ekanligi va uning doirasida gaz yetkazish hajmi belgilanishi hamda yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi bilan tabiiy gaz iste’molchisi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Biroq, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro K.Olimovning shaxsiy hisob raqamiga “Billingaz” dasturi orqali 12.794 m3 yani, 4 mln 861ming 932 so‘m asossiz qarzdorlik kiritganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, O’rganish davomida, fuqaro K.Olimov tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda 432 ming 880 so‘m qarzdorlik mavjud ekanligi aniqlandi.

Tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan tuman “Sharof Rashidovtumangaz” tomonidan fuqaroga nibatan ortiqcha hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.

24
Yuzma-yuz muloqotlar muammolar yechim

Boshqarma boshlig’i tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-yarim yilligi uchun boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning 24-yanvar kuni Baxmal tumani, Oqtosh mahallasida boshqarma boshlig’i o’rinbosari B.Pirxalov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.

Qabulda ishtirok etgan 30 nafardan ortiq fuqarolarning 15 nafaridan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal qilindi.

6 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 6 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Bundan tashqari, sayyor qabul davomida o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–447-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/

24
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Mirzacho'l ovozi" gazetasining 19-yanvar sonida G'allaorol tuman adliya bo'limi boshlig'i O.Xasanovning "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlar davrida" nomli maqolasi chop  etildi.